Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {lat}
So‘z bo‘g‘inlari: lat
Izoh(lar)i:
lat [lat ]

1. Yiqilish yoki boshqa ta’sirlardan shikastlanmoq (eti uzilmoq, ko‘karmoq, shishmoq va shu kabilar). Sherbek lat yegan chap qo‘liga tegishga o‘zi ham bezillar edi. S. Anorboyev, Oqsoy

2. Zararlanmoq, shikastlanmoq (sinmoq, uchmoq, pachaq bo‘lmoq va shu kabilar). Bo‘ronda lat yegan tomlar, taxta devorlar remont qilindi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

3. Latviya Respublikasining asosiy pul birligi (1993 yildan).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Barcha davlat hujjati davlat tilida yoziladi, yig‘in, anjuman va qurultoy shu tilda olib boriladi. 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga Davlat tilimaqomi berildi va 1990-yil 19-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan «Davlat tili to‘g‘risida»gi 30 moddadan iborat Qonun qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Asosiy Qonunining 4 moddasida, «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonunning 1 moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir». Shuning uchun ham mamlakatimiz fuqarolari har yili 21-oktabrni til bayrami sifatida nishonlaydi. Qonun O‘zbekiston xalqi sobiq Sho‘ro davlati tarkibida bo‘lgan vaqtda qabul qilinganligi sababli mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyin uni qayta ko‘rib chiqish zarurati paydo bo‘ldi. Shuning uchun 1995yil 21dekabrda yangi tahrirdagi «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Avvalgi 30 moddadan iborat Qonunning 11 moddasi chiqarilib, 5 modda yangidan qo‘shildi. Natijada u 24 moddadan iborat bo‘ldi.

«Latofatnoma»XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrning birinchi choragida yashab ijod etgan Xo‘jandiy qalamiga mansub va eski o‘zbek tilining nodir namunasi. Shu davrda Xorazmda hukmronlik qilgan Temurning avlodlaridan biri Sulton Mahmudga bag‘ishlangan. Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sidan farqli ravishda, har bir nomadan so‘ng g‘azal keltirilmaydi, fard, qit’a va munojotlar ham yo‘q. “Latofatnoma” masnaviy shaklida yozilgan. Bizgacha 4 nusxasi yetib kelgan. Ikkitasi Kobul kutubxonasi muzeyida, bir nusxasi Istanbulda, biri esa Britaniya muzeyida saqlanadi. 488- yilda ko‘chirilgan qo‘lyozma 313 baytdan iborat. Asar 1980- yilda E.Fozilov tomonidan nashr etilgan. “Muborak maktublar” majmuasiga kiritilgan.

 

1. jon holatda: qo‘rqqani holda va shiddat bilan

2. po‘st tashlatadigan: chiday olmaydigan, toqat qilib tura olmaydigan

3. yer tishlatmoq: o‘ldirdi

1. Ajib – ajab – ajoyib – qiziq – g‘alati
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish uslubining ko‘p-ozligiga ko‘ra)

2. El – ulus – elat – xalq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

3. El – ulus – elat – xalq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini keng-tor ifodalashiga ko‘ra)

4. Ezma – ezma –churuk – mijg‘ov – lattachaynar – mag‘zava
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining ortib borishiga ko‘ra)

5. Faqir – kambag‘al – o‘rta hol – boy – badavlat
Ma’nosiga ko‘ra
(moddiy ta’minotning yaxshi-yomonligiga ko‘ra)

6. Insofli – vijdonli – adolatli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

7. Lapashang – lavand (lavang) – epashang – bo‘shang – landavur – noshud – so‘tak – bo‘sh-bayov – latta
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

8. Nafis – nozik – latif
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.