Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {laqqa}
So‘z bo‘g‘inlari: laq-qa
Izoh(lar)i:
laqqa [laq-qa ]

1. Chuchuk suvlarda yashaydigan, tangachasiz, mo‘ylovli yirtqich baliq. Ertalabdan tashlangan qarmoqlarga to‘rttagina bir qarichlik laqqa ilindi. H. G‘ulom, Mash’al

2. Lahm, suyaksiz (go‘sht). [Nor:] Xola, meni ko‘p charxlamang-u, uvrangizni kesa bering! Og‘zingizga siqqanini uch kunda laqqa jigardek qanorangizga ilib qo‘yaman. Hamza,Paranji sirlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. laqqa I Ravish
osongina, paqqos (laqqa ishondi, laqqa tushdi)

2. laqqa II Ot
tangachasiz, mo‘ylovli yirtqich baliq

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. laqqa tushdi: osongina aldandi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.