1. Biror xususiyatiga ko‘ra, kishiga hazil qilib yoki masxaralab berilgan qo‘shimcha nom; shuningdek, ma’lum maqsadda o‘zgartirib olingan nom.
Unga Mitti laqabini qaysi hazilvon qo‘ygan bo‘lsayam, topib qo‘yibdi.
H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
2. Taxallus.
Muhammad Aminxo‘jani endi xalq Muqimiy deb taniy boshladi. Seni ham xalqqa bir laqab bilan tanitishni istayman! Sening laqabing Mavlaviy bo‘lsin!— dedi ustoz.
S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
3. Familiya.
4. Hayvonlarga qo‘yilgan nom.
Chalma va Medunka laqabi bo‘lgan ikkita g‘unajinning suti tekshirib borildi.
N. Mavlonov, Qoramolchilik