Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {lanj}
So‘z bo‘g‘inlari: lanj
Izoh(lar)i:
lanj [lanj ]

1. Tobi aynigan, bo‘shashgan; lohas. Mingboshining mayi meni ancha lanj qildi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy

2. Ortiq dam yeb, tobidan o‘tgan yoki suvi ko‘pligidan uzoq qaynab bo‘shashgan; dami o‘tgan, bo‘sh. Qayoqda qoldinglar? Osh lanj bo‘lib ketdi-ku. S. Ahmad, Hukm

3. Aniq va qat’iy fikr bildira olmaydigan; fikridan qaytib, aynib turadigan; mijg‘ov. Brigadirning o‘zi hamon lanj-u, brigada a’zolari vijdon azobida. N. Safarov, Mardlar maydonda

4. Na u yoqdi emas, na bu yoqdi emas; noaniq, mujmal. — O‘qishlarini tamomlashaversin-chi, bir gap bo‘lar, — deb lanjroq javob qaytargan edi To‘lamat. S. Anorboyev, Oqsoy

Antonim(lar)i: tirik
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.