Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {langar}
So‘z bo‘g‘inlari: lan-gar
Izoh(lar)i:
langar [lan-gar ]

1. Kemani va boshqalar suzib yuruvchi vositalarni suv yuzida ma’lum bir joyda to‘xtatib, ushlab turish uchun zanjirga biriktirib, suv ostiga tashlanadigan og‘ir temir changak. Kema ko‘m-ko‘k suvlari chayqalib turgan qo‘ltiqqa langar tashladi. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab.

2. Dorda muvozanatni saqlash uchun dorboz qo‘lda tutadigan yo‘g‘onroq uzun tayoq; langarcho‘p. Dorboz uzun langarini ushlab, arqondan yuqoriga o‘rmalab bormoqda. J. Sharipov, Xorazm.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. langar I Ot
dorboz qo‘lida tutgan muvozanat cho‘pi

2. langar II Ot
kema bog‘lab qo‘yiladigan moslama, changak

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.