Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {lak}
So‘z bo‘g‘inlari: lak
Izoh(lar)i:
lak [lak ]

1. Yuz ming. G‘ozi Abdulkarim podsho Arab viloyatida xudo yo‘lida jang qiluvchi ikki lak askar paydo qildi S. Ayniy, Doxunda

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. lak I Ot
turli smolalarning spirt yoki skipidarda eritilishidan hosil bo‘ladigai .va yaltiratish uchun hamda buzilishdan saqlash uchun yog‘och buyumlar sirtiga surtiladigan suyuqlik

2. lak II Son
Sanab bo‘lmaydigan darajada juda ko‘p (yuz ming) (eskirgan; hozir takrorlab ishlatiladi)

Paronimi: lok – [f] Buyumlarni yaltiratish, pardozlash uchun surtiladigan suyuq bo‘yoq.

Bosh bo‘laklargapning grammatik asosini tashkil etuvchi va boshqa bo‘laklarni o‘ziga tobelantiruvchi gap bo‘lagi turi. Bosh bo‘lak – kesim va ega.

Kesim. Kesim – tasdiq/inkor, mayl, zamon shaxs/son ma’nosi va shakliga ega bo‘lgan, gapning egasi haqidagi xabarni ifodalovchi bo‘lak. Nutqda kesimsiz gap bo‘lishi mumkin emas. Gapda kesim bo‘lmasa, u o‘zbek tili uchun to‘liqsiz gap. Kesim qaysi turkum so‘zi bilan ifodalansa, shu turkum so‘rog‘iga javob bo‘ladi. U qo‘llanishiga ko‘ra ikki xil: 1) mustaqil kesim; 2) nomustaqil kesim.

Mustaqil kesim sodda gap tarkibida ham, qo‘shma gap tarkibida ham bir xil ma’no beradi. Mas., Karim keldi, lekin Salim kutmadigapidagi har ikki kesim shu qo‘shma gap tarkibida ham, ajratilgan sodda gap tarkibida ham bir xil ma’noga ega. Qiyoslang:Karim keldi. Salim kutmadi.

Nomustaqil kesim. Ayrim kesim sodda gap tarkibida boshqa, qo‘shma gap tarkibida boshqa ma’no beradi: Salim kelsa, men boramangapi tarkibidagi ergash gapning kesimi“shart”ma’nosini ifodalamoqda. Lekin qo‘shma gap sodda gapga ajratilsa, bu kesimning ma’nosi o‘zgaradi: Salim kelsa (istak). Bu – nomustaqil kesim. -sa shart mayli qo‘shimchasi, uning -sa edi, -ganda edi o‘tgan zamon ko‘rinishi, -di ham, -ganicha yo‘q, -ganicha yo‘q edi, -gan edi, -ardi, -ar ekan o‘tgan zamon qo‘shimchasi kabilar nomustaqil kesimni shakllantiradi.

 

Qo‘shma gap tarkibida

Sodda gap tarkibida

Havo ochilsa, ishni boshlaymiz.

Havo ochilsa.

Kitobim bo‘lsa edi, tezda bajarar edim.

Kitobim bo‘lsa edi.

Salim kelganda edi, bir zumda hal qilar edik.

Salim kelganda edi.

U aytardi(aytsa edi), men bajarardim.

U aytardi.

 

Boshqa shaklli kesim mustaqil kesim sanaladi.

Kesimning ifodalanishi. Kesim ifodalanishiga ko‘ra ikki xil: 1)fe’l kesim;2)      ot kesim.

Fe’l kesim.Sof fe’l bilan ifodalangan kesimfe’l-kesim deyiladi:Men maktabga boraman. Po‘lat xatni kecha yuborgan.

Ot kesim. Ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid, modal va harakat nomi bilan ifodalangan kesim – ot kesim: 1) ot-kesim: Qarg‘a nima deyotganini bilmaymiz, chunki u – qarg‘a, biz – odam; 2) sifat-kesim: E taqsir, qissamiz uzun;3) son-kesim: Ikki karra ikki – to‘rt;4) ravish-kesim: O‘zlashtirishing – yodaki. 5) taqlid-kesim: Hamma tomon g‘ovur-g‘uvur. 6) olmosh-kesim:Sen – mensan-u, men –senman, qissamni bayon etsam;7) modal-kesim: Tinchlik yo‘q.

Kesimningtuzilishi.Kesim tuzilishiga ko‘ra ikki xil: a)sodda kesim; b) murakkab kesim.

Sodda kesim bir so‘z bilan ifodalanadi: 1.Sen bahorni sog‘inmadingmu? 2. Majlis shunga qaror qildi. Qo‘shma, juft, takroriy so‘z, ibora bilan ifodalangan kesim ham sodda kesim deyiladi. Chunki u yaxlit holda bitta so‘z yoki unga teng hodisa.

Murakkab kesim birdan ortiq so‘z bilan ifodalanadi: 1.Ayozli kunlar birin-ketin o‘tib borayotir.Murakkab kesim tarkibidagi ikkinchi so‘z ko‘makchi fe’l, bog‘lama, nisbiy so‘z bo‘lishi ham mumkin. Murakkab kesimga misol: a) birikmali: Bu kun biz uchun og‘ir kun; O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat;b) to‘liqsiz fe’lli so‘z: Anjir kulchaday yirik va holvaytarday yumshoq edi;d) ko‘makchili so‘z: Hammasi sen uchun, Dilovar uchun;e) bog‘lamali: (q. Bog‘lama)Bunday odamlarni nodon hisoblashadi; f) ko‘makchi fe’lli: Hamma ham xalqiga xizmat qilgisi keladi.Murakkab ot-kesim quyidagi xususiyatga ega: a)  ot/sifat/son/olmosh/ravish+"bo‘lmoq"fe’li yoki to‘liqsiz fe’l: Mehnat qancha qiyin bo‘lsa, noni shuncha shirin bo‘ladi;b) yo‘q/bor/oz/ko‘p/zarur/lozim/kerak+bo‘lmoq fe’li yoki to‘liqsiz fe’li: Uzoqda ko‘ringan sharpa bir zumda yo‘q bo‘ldi;d) harakat nomi+kerak/lozim/shart/darkor: Choyxona yangi solingan qishki binoga ko‘chib kirishi va bayramda ochilishi kerak edi.

Ega. Gapdagi xabarning kim yoki nima haqida ekanligini bildirib, kesimga tobe bo‘lgan bo‘lak – ega. Ega kim, nima, qayer so‘rog‘iga javob bo‘ladi: Kishilar (kim)Hakimani va boshqa qizlarni maqtashdi. O‘tloqda bedana (nima) ko‘p. Atrof (qayer?)jimjit.Ega bosh kelishikda bo‘ladi va ifodalanishi, odatda, quyidagicha: 1) ot: Shamol gul hidlarini atrofga taratdi; 2) olmosh: Ular to‘garak mashg‘ulotiga muntazam qatnashadi;3) harakat nomi: O‘qish tugadi;4) otlashgan (sifat, son, sifatdosh, ravish, taqlid)so‘z: Yaxshilar(sifat)ko‘paysin, yomon qolmasin. Ikkovimiz(son)dala aylandik. Bilgan (sifatdosh)bilganin ishlar, bilmagan (sifatdosh)barmog‘in tishlar. Ko‘plar(ravish)qatnashdi. Uzoqdan to‘plarning gumbur-gumburi (taqlid) eshitilardi;5) ibora: Uning yuziga oyoq qo‘yish axloqimizga zid;6) kengaygan birikma: Otlarning otxonaga olib o‘tilmagani Ziyodillani taajjublantirdi.Ba’zan teng aloqadagi bir necha so‘z ham butunicha yoki bo‘lak-bo‘lak ravishda ega bo‘lib kelishi mumkin: Otam bilan akam bozorga ketishdi. Ba’zan ega chiqish kelishigidagi so‘z bilan ham ifodalanishi mumkin. Bunda haqiqiy ega tushirilgan, undan oldin kelayotgan chiqish kelishigidagi so‘z ega vazifasini ifodalaydigan bo‘lib qoladi: Unda ham bu kitobdan bor. Bu gapdagi haqiqiy egani tiklash mumkin: Unda ham bu kitobdan biri bortarzida.

Hamma gapda ega qatnashavermaydi. Shu nuqtai nazardan gap egali va egasiz gapga bo‘linadi. (q. Gap).

Ega bilan kesimning shaxs-sonda mosligi.Ega bilan kesimning shaxs-sonda mosligini ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin: a) shaxsda moslik;b) sonda moslik.Shaxsda moslik. Ega va kesim bir-biri bilan shaxsda hamma vaqt mos bo‘ladi: Biz maktab jamoat ishida faol qatnashamiz. Nutqda Hayron bo‘lasan kishi tarzidagi gap qo‘llanadi. Bu gapda ega va kesim shaxsda moslashmagan: ega (kishi) III, kesim esa II shaxsda. Bu – kam uchraydigan hodisa. Sonda moslik. Bunda quyidagi holat muhim:a) fe’l-kesim I va II shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda mos bo‘ladi: Biz yordam berdik;b) kesim III shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda moslashavermaydi: 1) kishini bildirgan III shaxsdagi ega bilan fe’l-kesim sonda mos bo‘ladi: Dehqonlar ishni boshlab yubordilar;2) ko‘plikdagi kishini emas, narsa-buyumni bildirsa, fe’l-kesim, odatda, ega bilan sonda moslashmay, birlikda ishlatiladi: Kitoblar olindi; 3) ot-kesim ko‘plikdagi ega bilan ko‘pincha moslashmaydi: Uyda akam, opam va singlim bor edi;4) gapda eganing aniqlovchisi miqdor son bilan ifodalansa, kesim va ega birlik shaklida bo‘ladi: Uchta qiz yordamga keldi.Ega va kesim mosligini yuzaga keltirishda ohang muhim o‘rin tutadi:1.Yer xazina – suv oltin. 2. Qo‘l - yaratuvchi. 3.Bu – maktab, do‘stim.

Ega bilan kesim orasida tirening ishlatilishi.Quyidagi holatda ega bilan kesim orasiga tire qo‘yiladi: 1) gapning kesimi bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanib, bog‘lama yoki kesimlik qo‘shimchasi bo‘lmasa: Toshkent – go‘zal shahar;2) gapning egasi yoki kesimi yoxud ikkisi ham harakat nomi bilan ifodalansa va bog‘lama bo‘lmasa: Kulish – umrni uzaytirish vositasi;3) gapning egasi yoki kesimi birikma bilan ifodalanib, tenglik, o‘xshatish, kabi ma’noni bildirsa va bog‘lama bo‘lmasa: Yaxshi qiz – yoqadagi qunduz;4) ega yoki kesim ko‘rsatish olmoshi yoxud miqdor son bilan ifodalanib, alohida ajratib ko‘rsatilsa, bog‘lama yoki kesimlik qo‘shimchasi bo‘lmasa: 1.Ana shu – mening uyim. 2.Uch karra uch – to‘qqiz;5) ega bilan kesim bu, u, mana bu so‘zi bilan ajratilganda tire shu so‘zdan oldin qo‘yiladi: Istiqlol – bu o‘zbek xalqining azaliy orzusi.

Quyidagi holatda ega bilan kesim orasiga tire qo‘yilishi lozimdek bo‘lsa ham, qo‘yilmaydi: 1) ega kishilik olmoshi bilan ifodalangan bo‘lsa va bog‘lama bo‘lmasa ham: U tajribali iqtisodchi;2) kesim bosh kelishikdan boshqa kelishik qo‘shimchasini olgan bo‘lsa: Butun umidimiz sendan;3) ega bilan kesim o‘rtasida ham yordamchi so‘zi bo‘lsa: Men ham kichik paxtakor;4) kesim sifat, son (miqdor sondan tashqari), ravish bilan ifodalansa: 1.Shahrimiz go‘zal. 2.Kitoblar soni beshta. 3.Mening orzularim ko‘p.5) ta’kidlash uchun yuklama qo‘llanganda: 1.Men ham talaba. 2.Yer xazinami? 3.Bu kitob-ku?Ba’zan ta’kidni kuchaytirish uchun kesimlik qo‘shimchasi bo‘lishiga qaramay, egadan keyin tire qo‘yilishi mumkin: Adabiyot — hayotning badiiy ifodasidir.

Ikkinchi darajali bo‘lak – gapning bosh bo‘lagiga tobe, uni to‘ldirib, aniqlab, izohlab keladigan gap bo‘laklari. Ikkinchi darajali bo‘lak 3 ta: h o l, to‘ldiruvchi, aniqlovchi.

  1. Ko‘pincha fe’l-kesimga bog‘lanib, uning belgisini bildirgan bo‘lak hol deyiladi: Minbarga notiqlar birin-ketin chiqa boshladilar. Hol ba’zan fe’ldan boshqa turkumga ham bog‘lanadi: Ko‘chada odam ko‘p.Holning ma’no turi: 1) vaziyat (ravish, tarz) holi qanday, qay holda, qay tarzda kabi so‘roqqa javob bo‘ladi va har doim fe’lga bog‘lanadi. Vaziyat holi ravish, ravishdosh, ot, sifat, olmosh, taqlid, ibora bilan ifodalanadi: 1. U diqqat bilan tingladi. 2.Ukam chiroyli yozadi. U shoshmasdan jo‘nadi. 3.Rais bilan ikkisi do‘stlarcha xayrlashdi. 4.U qorovul bo‘lib ishlaydi. 5.Daraxt barglari duv to‘kildi. 6.Buni qanday bajarasiz? 7.Boshini eggan holda kelardi.Ravishdosh bilan ifodalangan vaziyat holi o‘ziga tobe bo‘lgan bo‘lak bilan so‘z birikmasini hosil qilishi mumkin: Eshikni sekin ochib, ichkariga qaradi. Bu yoyiq vaziyat holideyiladi. 2) o‘rin holi qayerga, qayerda, qayoqqa, qayerdan kabi so‘roqqa javob bo‘ladi va ko‘pincha o‘rin ravishi, ot, olmosh bilan ifodalanadi: 1. Bolalar ko‘chaga chiqib ketishdi. 2.U orqadan qochdi. 3.Bunda bulbul kitob o‘qiydi.3) payt holi qachon, qachongacha, qachondan beri, qay vaqt kabi so‘roqqa javob bo‘ladi va ko‘pincha ot, payt ravishi, olmosh, payt ravishdoshi, sifatdosh, harakat nomi, son, sifat bilan ifodalanadi: 1.Imtihonlar yozda bo‘ladi. 2.Bugun maktabim yonidan o‘tdim. 3.Shunda men bir sapchib tushganman. 4.Nafasimni rostlagach, tikilibroq qaradim. 5.Buni o‘qiyotganimda sezib qoldim. 6.Qaytishda siznikiga kirib o‘tamiz. 7.Qo‘lim bo‘shida o‘qiyman. 8.Yig‘ilish uchda bo‘ladi. 4) miqdor holi qancha, qanchalab, nechalab, necha marta kabi so‘roqqa javob bo‘ladi va ko‘pincha miqdor-daraja ravishi, son, sifat va miqdor-daraja ma’nosini bildirgan so‘z birikmasi bilan ifodalanadi: 1.Men juda ko‘p qayg‘urdim. 2.O‘n marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal. 3.Bir onda o‘z kuchining o‘lchovsiz darajada o‘sganini sezdi. 4.Siz qancha terdingiz? 5.Bular qop-qop terib qo‘yishdi. 6.Men o‘ylagan darajada qilisharmikan?5)       sabab holi nima sababdan, nima sababli, nima uchun, nimaga, nega kabi so‘roqqa javob bo‘ladi va quyidagicha ifodalanadi: a) sabab ravishi: Otasi noiloj ko‘ndi;b)         -lik, -siz+lik, -gan+lik qo‘shimchali chiqish kelishigidagi ot, sifatdoshdan keyin -dan qo‘shimchasini keltirish bilan: Salima opa quvonganidan hech gapira olmas edi;d) -gani, -ganligi qo‘shimchali so‘zdan keyin tufayli, uchun so‘zidan birini keltirish bilan: U o‘qimagani uchun bilmadi.6) maqsad holi nima maqsadda, nima uchun, nima qilgani, nima qilgali, nega so‘rog‘iga javob bo‘lib, quyidagicha ifodalanadi: a) maqsad ravishi: Men atayin gapirmadim;b) jo‘nalish kelishigidagi harakat nomi yoki harakat nomidan keyin uchunko‘makchisini keltirish bilan: U o‘qish uchun keldi;d) maqsad ravishdoshi: U o‘qigani keldi;e)       fe’ldan so‘ng uchun, deb so‘zini keltirish bilan: O‘qiyman deb keldi;f) harakat nomidan keyin maqsadida, maqsadda, maqsadi bilan so‘zini keltirish yordamida: Gulnor opa bafurja gaplashish maqsadida keldi; 7) shart holi nima qilsa (m , -ng, -k , -ngiz) so‘rog‘iga javob bo‘ladi va bir harakatning bajarilishi uchun shart bo‘lgan boshqa ish-harakatni bildiradi: Eksang, o‘rasan; 8) to‘siqsizlik holi nima qilsa ( -m, -ng, -k , -ngiz) ham/-da? so‘rog‘iga javob bo‘lib, bir ish-harakatning bajarilishi uchun to‘siq bo‘la olmaydigan ish-harakatni bildiradi va shart fe’li+ham (-da), ravishdosh/sifatdosh+bilanko‘makchisi, qaramay, qaramasdan so‘zi qatnashgan qurilma orqali ifodalanadi: Chaqirilmasa ham, qatnashdi. Kichik bo‘lgani bilan ancha og‘ir edi. Shoshganiga qaramay kutib turdi. Ayrim darslikda qurol-vosita holi ajratiladi.Bu hol nima bilan, qanday usul bilan degan so‘roqqa javob bo‘ladi: Xat qalamda (qalam bilan) yozilgan edi.

To‘ldiruvchi.Kelishik va ko‘makchi bilan shakllangan, kim? yoki nima? so‘rog‘iga (kim/nima+ni/ga/da/dan/uchun/orqali/sababliva hokazo) javob bo‘luvchi va gapda fe’l bilan ifodalanuvchi bo‘lakka boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadigan ikkinchi darajali bo‘lak to‘ldiruvchi deyiladi: 1.Men bu gapni ukamdan eshitdim. 2. Seni eslayman.Demak, to‘ldiruvchi: 1) predmetni (kimni, nimani, kimga, nimaga va hokazo. so‘roqni oladi) ifodalaydi; 2) kelishik va ko‘makchi bilan shakllanadi; 3) fe’l bilan ifodalangan bo‘lakka (ko‘pincha kesimga) bog‘lanadi; 4) bosh so‘zga boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanadi: To‘ldiruvchining ikki turi bor: a)      vositali to‘ldiruvchi; b) vositasiz to‘ldiruvchi. Vositasiz to‘ldiruvchi o‘timli fe’l bilan ifodalangan bo‘lakka tobelanib, belgili yoki belgisiz tushum kelishigi qo‘shimchasi bilan shakllanadi: 1.Yosh havaskorlar ashulani zavq bilan aytdilar.2. Bo‘linganni bo‘ri yer. 3. O‘ziga birovning oz-moz til tegizishini ko‘tarmasdi. 4. O‘quvchilar hozir kitob o‘qishyapti. Vositali to‘ldiruvchi o‘timli yoki o‘timsiz fe’l bilan ifodalangan bo‘lakka tobelanib, jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishigi shakli yoki ko‘makchi bilan shakllanadi: 1. Ravshan sen bilan boradi 2. Yaxshiga yondash, yomondan qoch. 3. Og‘zi bo‘shga ishonib bo‘lmaydi. 4. Paxta mashina bilan terildi.Jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishigidagi so‘z doimo to‘ldiruvchi bo‘lib kelavermaydi, ular hol vazifasini ham bajaradi, bunda ham ular savolga qarab farqlanadi: U yolg‘ondan hayron bo‘ldi (qanday? – hol). U akasidan eshitdi (kimdan? – to‘ldiruvchi). U maktabga bordi (qayerga ? – hol). Menga gapirdi (kimga? – to‘ldiruvchi). Umuman olganda, to‘ldiruvchi va hol shaklan ko‘pincha o‘xshaydi. Lekin asosiy farqi shundaki, to‘ldiruvchi predmetni ifodalab, uning so‘rog‘iga javob bo‘ladi, hol esa bunday xususiyatga ega emas.

  1. Gapdagi biror bo‘lakning belgisini yoki bir narsa-buyumning boshqasiga qarashli ekanligini bildirgan bo‘lak aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchi gapda har doim otga yoki otlashgan har qanday bo‘lakka bog‘lanadi: 1. Mayda qor yog‘yapti. 2. Qovunning og‘iri, tarvuzning yengili shirin bo‘ladi. 3. Oppoq mashina keng ko‘chada navbatdagi chorrahani kesib o‘tmoqda edi. 4. Toshkent juda chiroyli shahar. Aniqlovchi uch xil: 1)sifatlovchi-aniqlovchi;2) qaratuvchi aniqlovchi; 3) izlohlovchi. Sifatlovchi-aniqlovchi predmetning belgisini, miqdorini, tartibini bildiradi va qanday? qanaqa? qaysi? qancha? nechanchi? necha? qayerdagi? kabi so‘roqqa javob bo‘ladi. Sifatlovchi-aniqlovchi tomonidan aniqlangan bo‘lak sifatlanmish deb yuritiladi. Sifatlovchi va sifatlanmish bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi: Notanish kishi unga qaradi.Sifatlovchi-aniqlovchining ifodalanishi: 1) sifat, son, olmosh, sifatdosh, ravish, taqlid: 1. Biz serjun va sergo‘sht qo‘ylarni ko‘paytiryapmiz. 2. O‘ninchi yillarning sargardonligi. 3. Taqir-tuqur ovozdan uyg‘onib ketdim. 4. O‘qigan kishi o‘zar. 5. Ko‘p odamning duosi ko‘l.2) ot: Asfalt yo‘ldan mashinalar g‘iz-g‘iz o‘tib turibdi. Bunday aniqlovchilar ba’zan majoziy (ko‘chma) ma’noni ifodalashi mumkin: Kumush choyshab yopib dalalar...3)ibora: Unda og‘zining tanobi qochadigan odat bor. U qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan bola.4)so‘z birikmasi bilan: 1.U birinchi kungi ishni yakunladi. 2.Ukamning uyidagi mollarni ham olib ketishibdi.2.Menga tegishli bo‘lakni qoldiring. 3.Ertaga bo‘ladigan majlis qoldirildi.Ba’zan sifatlovchi-aniqlovchi kengaygan ravishdoshli, sifatdoshli, harakat nomili birikma bilan ifodalanib, yoyiq holda kelishi mumkin:Misdek qizarib turgan yuzini ikki kafti orasiga olib, peshonasiga yuzini bosdi.Qaratqich-aniqlovchi. Qaratqich-aniqlovchi biror narsa tegishli, qarashli bo‘lgan shaxs yoki predmetni bildiradi va belgili hamda belgisiz qaratqich kelishigidagi so‘z bilan ifodalanadi. Qaratqich-aniqlovchi tomonidan aniqlangan bo‘lak qaralmish deyiladi. Qaratqich va qaralmish moslashuv orqali birikib, shaxs va sonda, albatta, moslashgan bo‘ladi: Odamning qo‘li gul.Qaratqich-aniqlovchining ifodalanishi:1)         ot, olmosh: Gulnor yigitning so‘zlarini diqqat bilan tingladi.2)  otlashgan so‘z: O‘nning yarmi besh.3)ibora: Og‘zi bo‘shning ichida gap yotmas.

Izohlovchi. Izohlovchi aniqlovchining alohida bir ko‘rinishi, bunda izohlovchi ot boshqa bir otni izohlaydi. Izohlovchi izohlagan ot izohlanmish bo‘ladi: General Sobir Rahimov.Izohlovchi va izohlanmish umumiy va aniq ma’noni bildiruvchi turdosh otdan iborat bo‘lsa, aniq ma’noni bildiruvchi ot izohlovchi, umumiy ma’noni bildiruvchi ot izohlanmish bo‘ladi. Yozuvda ular orasiga chiziqcha qo‘yiladi: mexanik-haydovchi. Izohlovchi unvon, kasb, laqab, qarindoshlik, jins, o‘xshatish, taxallus kabini ifodalash uchun xizmat qiladi. O‘xshatishni bildirgan izohlovchi bilan izohlanmish orasiga chiziqcha qo‘yiladi: ona –Vatan.Gazeta, jurnal, korxona, muassasa va hokazoning nomini bildirgan atoqli ot ham izohlovchining bir turi hisoblanadi: "Yoshlik" jurnali, "Turkiston" gazetasi. Bunday izohlovchi shaxs nomi bilan ifodlansa, qo‘shtirnoqga olinmay, nomli, nomidagi so‘zi bilan birga qo‘llaniladi: Oybek nomli maktab. So‘zning o‘rni almashtirilsa, izohlovchi bilan izohlanmish maqomi ham almashadi: Ayol (izohlovchi) hamshira (izohlanmish), hamshira (izohlovchi) ayol (izohlanmish).

1. fig‘oni falakka chiqdi: ruhan ortiq darajada bo‘g‘ilib, oh–voh qildi

2. kalaka bo‘lmoq: masxara, mazax bo‘lmoq, mayna bo‘lmoq

3. nafsi hakalak otmoq: kimning Mazaxo‘rakka o‘rganib, nafsini tiyolmaydi.

4. parvoyi falak: beparvo, beg‘am

5. tup qo‘yib, palak otmoq: kim Mustahkam o‘rnashib, martabasi oshmoq; bola-chaqali bo‘lib ketmoq.

1. Boshqacha – bo‘lakcha – o‘zgacha – ayricha
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ko‘p-oz qo‘llanishiga ko‘ra )

2. Osmon – ko‘k – samo – falak – gardun
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgisining bo‘yoqli-bo‘yoqsizligiga ko‘ra)

3. Yo‘lak – yo‘l – trassa
Ma’nosiga ko‘ra
(katta-kichikligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.