1. 1. Kechirib bo‘lmaydigan aybi, xatti-harakati, og‘ir jinoyati uchun bildirilgan qattiq qarg‘ish, shunday mazmunda aytilgan gap-so‘zlar.
Rahmat olgan omondir, La’nat olgan yomondir.
Maqol
— Bo‘lar ish bo‘ldi, meni qimorboz nikohlab olgan edi. Otam el la’natidan, yurt nadomatidan ko‘chaga chiqolmay qoldi, — dedi Hoji xola.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
2. 2. Qattiq g‘azab va nafratli qarg‘ashni ifodalaydi.
Senga ham ming la’nat, g‘ar xotin!
S. Siyoyev, Otliq ayol
Xarob o‘l, ey zolim, baxtingga la’nat! Zulm shohi, razil taxtingga la’nat!
Uyg‘un va I. Sulton, Alisher Navoiy.