Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {la’nat}
So‘z bo‘g‘inlari: la’-nat
Izoh(lar)i:
la’nat ot

1. 1. Kechirib bo‘lmaydigan aybi, xatti-harakati, og‘ir jinoyati uchun bildirilgan qattiq qarg‘ish, shunday mazmunda aytilgan gap-so‘zlar. Rahmat olgan omondir, La’nat olgan yomondir. Maqol
— Bo‘lar ish bo‘ldi, meni qimorboz nikohlab olgan edi. Otam el la’natidan, yurt nadomatidan ko‘chaga chiqolmay qoldi, — dedi Hoji xola. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

2. 2. Qattiq g‘azab va nafratli qarg‘ashni ifodalaydi. Senga ham ming la’nat, g‘ar xotin! S. Siyoyev, Otliq ayol
Xarob o‘l, ey zolim, baxtingga la’nat! Zulm shohi, razil taxtingga la’nat! Uyg‘un va I. Sulton, Alisher Navoiy.

Antonim(lar)i: rahmat
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.