1. 1. Yilning to‘rtdan bir qismi, choragi (uch oy).
Yilning uchinchi kvartali. To‘rtinchi kvartal hisoboti. Ikkinchi kvartal rejasi.
▬
Buni biz xalq xo‘jalik planida belgilangan ishlarning dastlabki kvartaldanoq oshirib bajarilayotganligida ko‘rib turibmiz.
N. Safarov, Jasoratning davomi
2. 2. Shaharning bir necha (odatda to‘rtta) kesishib o‘tgan ko‘chalar bilan chegaralangan qismi.
Shahardagi eski mahallalar o‘rnida ko‘rkam kvartallar barpo etilyapti.
S. Soliyev, Faxr
Yo‘q, aqalli har bir kvartalda bittadan mahalla markazi bo‘lishi kerak.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. maxs. xs. O‘rmon, tokzor va shu kabilarning yo‘lkalar yoki tabiiy to‘siqlar (masalan, daryolar) bilan ajratilgan har bir qismi, bo‘lagi (odatda, chorburchak bo‘ladi).