Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kuzat} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ku-zat-moq
Izoh(lar)i:
kuzat fl

1. 1. Ketayotgan kishi bilan xayrlashish uchun biror yergacha birga bormoq, biror yergacha borib, chiqib, xayr-xo‘sh qilmoq; uzatmoq. Mehmonlarni vokzalgacha kuzatib chiqmoq. Komil bilan Bo‘ronbek Ziyodillani kuzatib qo‘yish uchun dalaga chiqishdi. H. G‘ulom, Mash’al
Adham shuncha kuzatib qo‘yaman desa ham, Karomat ko‘nmadi. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
Ichkarida O‘zbek oyim mehmonlarni kuzatib bo‘lib, Kumush bilan onasidan ho‘ppak olar [gina qilar] edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Avazunimozoriston chetidagi yo‘lgacha kuzatib qo‘ydi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. 2. Bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab qaramoq, ko‘zdan kechirmoq. Quyosh tutilishini kuzatmoq. Ergash minbarning panjarasini barmoqlari bilan qisib, ko‘zlari chaqnab, xalqni kuzatardi. A. Muxtor, Opa-singillar
Krasnov, harsillab-gursillab, daraxtga chirmashdi-da, tevarakni kuzatdi. Oybek, Quyosh qoraymas
Yusufjon Shomat qiziqning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib, o‘rganadi. T. Obidov, Yusufjon qiziq

3. 3. Zimdan qarab tekshirib turmoq, ta’qib qilmoq. Ularni chetroqda shjayib kuzatib turgan choyxonachi, hech voqeaga tushunmay, yuziga fotiha tortdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Dushman qochgan joy kuzatish joyi ekanligi aniqlandi. Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi

4. 4. Biror narsani (maqsadni) nazarda tutmoq; ko‘zda tutmoq, ko‘zlamoq. Agar Musulmonqul bu ishlarni bir yaxshi maqsadni kuzatib qilganda, zolimlarni o‘rtadan ko‘tarib, yurtga osoyish berganda, unga kim nima deya olar edi? A. Qodiriy O‘tgan kunlar
Keyindan ma’lum bo‘ldiki, bu Boqimirzoning bu yerga kelishdan kuzatgan muddaosiga daxldor ekan. A. Qahhor, Mirzo
Bombalar kuzatilgan mo‘ljalga — gazandalar to‘plangan joyga tushar, hammayoqni larzaga keltirib yovni qiyratardi. J. Sharipov, Xorazm

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.