Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kuyov}
So‘z bo‘g‘inlari: ku-yov
Izoh(lar)i:
kuyov ot

1. 1. Qizning eri (qizning ota-onasi, aka va opasiga nisbatan). — Yo‘q, oyi, hech nima kerak emas, — yana muloyim gapirdi qizi, — kuyovingizni jo‘nataman, deb charchadim. Oybek, Tanlangan asarlar
Fotiha o‘qilib, kuyov qayin onaga uzr aytdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Salimboyvachcha ildamlik bilan ularga yugurdi. Singlisidan ahvol so‘rab, kuyovining qo‘lini siqdi. Oybek, Tanlangan asarlar.

2. 2. Endi uylanadigan, uylanayotgan yoki yangi uylangan yigit (o‘z qaylig‘iga, xotiniga nisbatan). Xonzoda begim hozir yigirma yoshdalar shu vaqtgacha munosib kuyov uchramay, dog‘da edik. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Sen hali dengizni ko‘rganing yo‘q, qizim! Xudo xohlasa, kuyoving bilan birga ko‘rasan. A. Qahhor, Xotinlar
Bular kelin bilan kuyov bo‘lsa kerak. S. Ahmad, Yulduz

3. 3. Yangi uylangan yigitga qarindosh-urug‘ yoki yaqin kishilarining murojaat shakli. To‘ladan kelgan, xushfe’l Karimovich ham dastlabki kundan boshlab unga yoqib qolgan edi. — Kuyov, ishlar qalay? — so‘radi u, stoli ustidagi yarqirab turgan oynada qizil qalamni o‘ynab. Mirmuhsin, Umid

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.