1. 1. Astoydil kuyinib.
Abdurahmonboy kuyib-pishib javrayotgan domlaga achingan bo‘ldi va unga tasalli berdi.
H. G‘ulom, Mash’al
U studentlarni joylashtirguncha ancha qiynalgan bo‘lsa kerak, chehrasi horg‘in, ust-boshi chang, kuyib-pishib, qattiq gapirardi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. 2. Jon-jahdi bilan berilib.
Kun bo‘yi kuyib-pishib ishlaganidan tunlari dong qotib uxlaydi.
T. Ashurov, Oq ot
Allaqayerda kuyib-pishib bedana sayraydi.
Shuhrat, Jannat qidirganlar
Bu soddadil cholning kuyib-pishib otini maqtashidan atrofdagilar ham zavqlanib kulishdi.
Mirmuhsin, Me’mor