1. 1. O‘simlikning tana va novdalarida bo‘rtib paydo bo‘ladigan, rivojlanib, barg, gul, shox kabi qismlarga aylanadigan a’zosi, boshlang‘ich a’zosi.
Barg kurtagi. Gul kurtagi. Poya kurtagi. Novda kurtagi
▬
Erta bahor, daraxtlar endi kurtak chiqara boshlagan payt.
J. Sharipov, Xorazm
Shudringda yuvingan akatsiya shoxlari ko‘k-qizg‘ish tusga kirib, kurtak tugishga tayyorlana boshlagan, gul ekish uchun yumshatilgan tekis tuproq uzoqdan baxmalga o‘xshab ko‘rinadi.
P. Qodirov, Uch ildiz
2. ko‘chma hma Biror narsaning o‘sib, rivojlanadigan dastlabki namunasi, rivojlanishidan darak beruvchi nishonasi.
Yangilik kurtaklari. Kelajakning kurtaklari.
▬
Rustamdan ko‘zini uzmas, chehrasi borgan sari ochilib, sevgi kurtaklari g‘unchaga, g‘uncha esa gulga aylanib borayotgandek tuyulardi.
V. G‘ofurov, Vafodor