1. 1. Bir kishi o‘tirishi uchun mo‘ljallangan, odatda, to‘rt oyoqli oddiy moslama, o‘rindiq; suyanchiqsiz stul.
Unsin kursida o‘tirib, mahsi tikadi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Matpano pastak kursiga cho‘nqayib, etigini yechdi, choriq kiydi.
S. Siyoyev, Avaz
2. 2. Umuman, stul, o‘rindiq.
Kursini stolga yaqinroq surib o‘tirib, ishini davom ettirdi.
S. Karomatov, Oltin qum
Davronov yozgi teatr zaliga kirganida, bitta ham bo‘sh kursi qolmagan edi.
I. Rahim, Ixlos
3. 3. Ustiga dasturxon yopib (yozib), yeguliklar, taom qo‘yiladigan qurilma; sandal.
Ichkari hovlida, keksa Me’mor atrofida qizi va xotini shumshayib o‘tirishardi; o‘rtada ustiga eski dasturxon yopilgan kursi, kursi ustida non, qand-qurs, choy.
Mirmuhsin, Me’mor
Kursi ustiga dasturxon yozilib, meva-cheva to‘la patnus qo‘yildi.
Oybek, Tanlangan asarlar