1. 1. KURS I1. O‘quv yurtlarida biror fan yoki uning biror qismining ma’lum hajmdagi izchil, tartibli bayoni; shunday bayondan iborat bo‘lgan darslik.
To shu kungacha oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlari uchun hozirgi zamon o‘zbek tili kursidan maqbul bir qo‘llanma yo‘q edi.
O‘TA
2. 2. Ma’lum sohalar bo‘yicha tugal ta’lim, ixtisos beradigan maxsus o‘quv muassasasi.
Buxgalterlar kursi. Mashinistkalar kursi. Stenografiya kursi. Shofyorlar kursi.
▬
[Jonfig‘on] bir vaqt qarasaki, Malohat, kursni bitirib, yuk mashinasi minib yuribdi.
A. Qahhor, Jonfig‘on
Kurs yaqinda o‘zining birinchi qaldirg‘ochlarini uchirma qiladi.
Gazetadan
Qizlar uchun gul dastalash san’atini o‘rgatuvchi kurs ochishni orzu qilardi.
A. Muxtor, Chinor
3. 3. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv muassasalarining har bir yili, bir yillik bosqichi, pog‘onasi.
Bu yil u institutning ikkinchi kursini tamomlaydi. Nechanchi kursda o‘qiyapsiz?
▬
Bir guruh yuqori kurs studentlari turadigan bu uyda xonalar kam va tarqoq bo‘lgani uchun, vaxtyor o‘tirmas, har xonaning kaliti ma’lum bir joyga yashirib ketilardi.
P. Qodirov, Uch ildiz
bu qiz Tal’atdan bir kurs yuqorida o‘qir, jozibali boqishlari uning ko‘ngliga o‘t solardi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. 4. Bir davra davolanish; davolanish tadbirlarining tugal bir davrasi.
Elektr bilan davolanish kursi.
5. 5. KURS II 1. Kema, samolyot va shu kabilarning harakat yo‘li, yo‘nalishi.
Janob kapitan, kemani Bektosh kursidan adashtirmasang, yelkangdan o‘q yeysan.
A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
6. ko‘chma hma Ma’lum bir masalani hal qilishda tutilgan yo‘l; siyosat yo‘nalishi.
Hozirgi asosiy kurs qishloq xo‘jaligini intensivlashtirishdir.
7. 7. Aksiya, obligatsiya, veksel kabi qimmatli qog‘ozlar sotiladigan va xarid qilinadigan baho; narx.
8. 8. Bir mamlakat pul birligi bahosining boshqa mamlakat pul birligidagi ifodasi.