Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kurak}
So‘z bo‘g‘inlari: ku-rak
Izoh(lar)i:
kurak ot

1. 1. Sochilgan narsalarni sidirish, kurash, to‘plab biror narsaga solish uchun ishlatiladigan, yog‘ochdan yoki metalldan yasalgan uzun sopli asbob. Yo‘lchi kurak va supurgi olib, otxonani tozalay boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
Mehmonxona ustida quloqlarini latta bilan bog‘lagan bola yog‘och kurakni g‘irshillatib, qor kurab yotgan edi. P. Tursun, O‘qituvchi

2. anat. at. Yelkaning yuqori qismidagi uch-burchak shaklli yalpoq suyak. — Sekinroq yursang bo‘lmaydimi, qizim! — dedi ona qo‘li bilan Zeboning ikki kuragi o‘rtasiga yopishgan ko‘ylagini ko‘chirar ekan. Shuhrat, Shinelli yillar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. kurakda turmaydigan: aytib bo‘lmas darajada nomunosib

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.