Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kundalik}
So‘z bo‘g‘inlari: kun-da-lik
Izoh(lar)i:
kundalik ot

1. 1. Har kungi, har bir kunga xos. Gazetalardan kundalik axborotni zo‘r tashvish bilan kuzatib turgan kishilarga hali o‘zi ham tushuna olmagan bu yerdagi osoyishtalik to‘g‘risida nima deb yozadi? A. Qahhor, Oltin yulduz

2. 2. Kunda bo‘lib turadigan; odatdagi. Lekin o‘ylab qarasa, rayonga deb yo‘lga chiqqanida, ko‘ziga juda katta ko‘ringan bu tashvish hozir kundalik ikir-chikirlar qatoriga kirib qolibdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. 3. Hodisalar, kuzatishlar va shu kabilar yozib boriladigan jurnal, daftar. Ekspeditsiya kundaligi. Yo‘ldosh, kundalikka yozib qo‘ying. Bitta osh ham qarz qilib qo‘ydik. Shuhrat, Shinelli yillar
Dadangizning kitoblarini, kundaliklarini, maktublarini, xullas, yozilgan qog‘oz borki, berkitib tashlang. T. Malik, Iblis devori

4. 4. O‘quvchilarning uyga berilgan vazifasi va olgan baholari yozib qo‘yiladigan daftari. Ularning [o‘quvchilarning] bahosi yo‘qlama va kundalikka qo‘yiladi. Y. Abdullayev, Dars yuzasidan bahoni qanday qo‘yish kerak?

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.