1. 1. Kesilgan yoki singan daraxtning ildiz tomonida qolgan ostki qismi; to‘nka.
Kunda kovlamoq.
▬
Ismathoji qora movut chakmonining bir barini qayirib, yaqindagina kesilgan bir terak kundasiga kelib o‘tirdi.
Oydin, Yamoqchi ko‘chdi
U avval katta kundalarning tevaragini ketmon bilan chopishga boshladi.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. 2. Ustida biror narsani chopish, qir-qish va shu kabilar uchun qilingan maxsus g‘o‘la.
Kudungchining kundasi. Kundaga qo‘yib chopmoq. Bolta tushguncha, kunda dam oladi.
Maqol
Qassoblik qilmoqchi bo‘lgan odam avvalo bir qo‘lini kundaga qo‘yadi-yu, bolta bilan chopadi. Agar chopilmasa, qassoblik qiladi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Uning ko‘zi ayvon ustuniga suyab qo‘yilgan kunda va oshpichoqqa tushdi.
S. Nurov, Narvon
3. maxs. xs. Moyjuvozning o‘g‘irsimon tayanch yog‘ochi, ichi o‘yilgan yo‘g‘on g‘o‘la.
Tangadek soya tushmaydigan daraxtsiz tashqari hovli o‘rtasida juvoz kundaga o‘xshash qoziq.
Sh. Rizo, Qor yog‘di, izlar bosildi
[Zig‘ir moyi] bozorda sariq moydan ikki barobar qimmat-a! Kundadan chiqar-chiqmas, to‘ylarga olib ketisharkan.
S. Nurov, Narvon
4. 4. Tokning tupi, zangi.
Chorvoqcha katta bo‘lmasa ham, ikki tup olcha ikki kunda uzumi, bir-ikki tup qizil gul bor ekan.
A. Qahhor, O‘tmishdan ertaklar
Xomtok vaqtida kundadan o‘sib chiqqan novdalardan 2—3 ta eng yaxshisini qoldirib, boshqalarini tokqaychi bilan tagidan olib tashlash kerak.
Gazetadan
5. tar. ar. Bandilarning oyog‘iga uriladigan (solinadigan) maxsus yog‘och asbob, taxta kishan.
Xatirchilik bandining bizni ozod qiladilar degan so‘ziga haligacha ishonmay turgan bandilar ham, kishan va kundalarining ochila boshlaganini ko‘rib quvonmoqda edilar.
S. Ayniy, Qullar
Borsa, enasi oyog‘ida kunda, bo‘ynida, o‘lib yotibdi.
Murodxon.
6. rvsh. Har kuni. Kunda xabar olib turmoq.
Boring, O‘rmonjon akamga rostini ayting shunday bo‘lgan edi, bilmabman deng. Kunda-kunda o‘lgandan, bir kunda o‘lgan yaxshiroq.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari.
Kunda tushganini kunda jo‘natib turibman.
S. Ahmad, Yulduz