1. 1. Kulgi qo‘zg‘atadigan, kuldiradigan; qiziq.
Go‘yo zehni boyagidan ham o‘tkirlashib, tili biyronlashib ketganday, sho‘x, kulgili gaplar xayoliga o‘zidan-o‘zi quyilib kelardi.
O. Yoqubov, Mirzaterak
2. 2. Masxara yoki kalaka bo‘ladigan.
Ularning [Elmurod bilan Gulsumning] usti-boshlari batamom ividi. Shunday kulgili bir holda guzarga kirib bormaslik uchun, qishloq chetidagi eski bir egasiz uyning ayvonida yomg‘irning to‘xtashini kutdilar.
P. Tursun, O‘qituvchi