Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kulgi}
So‘z bo‘g‘inlari: kul-gi
Izoh(lar)i:
kulgi ot

1. 1. Xursandlik, vaqtichog‘lik va zavqlanishni ifodalovchi, bo‘linib-bo‘linib chiqadigan tovushlar, ovozlar. Samimiy kulgi. Zalda kulgi ko‘tarildi. Sidiqjon kimningdir qattiq kulgisidan uyg‘onib ketdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Qog‘ozi ko‘chgan devorlar, toza bo‘lsa ham, eskirib ketgan darparda, sarg‘aygan choygumni ko‘rib, qanoat hosil qildi, shekilli, yana ko‘zlarida kulgi o‘ynadi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. 2. Mazax yoki kalaka qilinadigan narsa; kalaka, mazax ifodasi; masxara. Bu o‘rinsiz ishdan Oftob oyim achchiqlandi: — Manim holim senga kulgimi, qizim? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Birontasini chaqirsam, keyin, albatta, masxara qilishadi, kulgi, mazax uchun ularga bahona topiladi, deb o‘yladi Gulnor. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: yig‘i
Sinonim(lar)i: xanda [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.