Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kuldirgich}
So‘z bo‘g‘inlari: kul-dir-gich
Izoh(lar)i:
kuldirgich ot

1. Kishi yuzida (yonoqlarida) bo‘ladigan, kulganda aniq ko‘rinadigan chuqurchalar. Malohat Karimovaning yuzlariga qizil yugurdi, yuzidagi kuldirgichlar husniga husn qo‘shdi, ko‘zlari charaqlab ketdi. Oydin, Asl yor
Nazokat uyalganidan yerga qaradi, o‘ng yuzidagi kuldirgichini shamol to‘zg‘itgan sochlari to‘sdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
Kulcha yuzlarida chuqur-chuqur kuldirgichlari bo‘ladi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.