Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kul}
So‘z bo‘g‘inlari: kul
Izoh(lar)i:
kul fl

1. 1. Yuz, ko‘z harakatlari yoki turlicha tovush (tovushlar) bilan xursandligini, zavq-shavqini ifodalamoq, kulgi ifodalamoq. Xoxolab kulmoq. Qahqaha urib kulmoq. Piq etib kulmoq. Hiringlab kulmoq. Muloyim kulmoq. Miyig‘ida kulmoq. Oldin Kamoliddin maxdum, unga ergashib Asad qori hi-hilab kuldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Avaz, Feruz sha’niga aytgan bir baytini eslab, murtida kuldi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Hafiz Mirzamuhamedovichning kulib turgan chehrasi jiddiylashdi. S. Karomatov, Oltin qum
Hamon kulib turgan ko‘zlari bilan uni boshdan-oyoq kuzatib chiqdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. 2. Kulgi bilan masxaralamoq, mazax qilmoq. Oyi, siz sezasizmi, boynikida orqamdan kulishadi, gapirishadi, piching, kesatiq-mesatiq man yaqinlashsam, jim bo‘lishadi [dedi Gulnor]. Oybek, Tanlangan asarlar
Qandoq boraman kulmaydimi hamma. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Kulsa kulaversin, bari bir o‘z fikrimda qolaman. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. kul I Fe’l
xursandlik holatidagi ovoz

2. kul II Ot
yonishdan hosil bo‘lgan chiqindi

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. baxti kulmoq: baxtiyor hayotga, xushnud onlarga erishmoq; baxtli, baxtiyor bo‘lmoq

2. ko‘zi ola-kula bo‘lib ketdi: olayib qaradi

3. ko‘zi ola-kula bo‘lib ketdi: olayib qaradi

4. kuli ko‘kka sovrildi: butunlay yemirildi, yo‘q bo‘ldi

1. G‘am – tashvish – qayg‘u – kulfat – musibat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

2. Hamma – barcha – bari – butun – bor – jami – butkul – tamom – bor-yo‘q.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

3. Hujra – kulba – uy – hovli – qasr – koshona – saroy
Ma’nosiga ko‘ra
(hashamlik belgisining ortishiga ko‘ra)

4. Jilmaymoq – kulimsiramoq – iljaymoq – irjaymoq – tirjaymoq – ishshaymoq – irshaymoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kulish harakatidagi salbiylik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

5. Jilmaymoq – kulimsiramoq – tabassum qilmoq – kulmoq – qah-qahlamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(harakatning kuchliligiga ko‘ra)

6. Kapa – chayla – kulba – hujra – xona – uy- hovli – qasr – saroy – koshona – kushk
Ma’nosiga ko‘ra
(hashamlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

7. Qiyin – mushkul – mahol – og‘ir mashaqqatli – sermashaqqat – amrimahol – dushvor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.