1. 1. Qand, qaymoq, meva shirasi va shu kabilar qo‘shib tayyorlangan nisholasimon shirinlik (ko‘pincha tort, pirojniy kabi konditer mahsulotlarini bezash uchun ishlatiladi).
2. 2. Kosmetik pardoz moyi; yog‘upa.
Necha-necha shofyorlar unga atir, upa krem keltirib, sovg‘a qilmoqchi bo‘lardilar.
I. Rahim, Chin muhabbat
3. 3. Charmdan qilingan oyoq kiyimlariga surkab, pardozlash uchun ishlatiladigan maxsus moy; etik moyi.
Qora krem. Jigar-rang krem
▬
Etigimning kremi qayerda?
I. Rahim, Chin muhabbat