Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kredit}
So‘z bo‘g‘inlari: kre-dit
Izoh(lar)i:
kredit ot

1. buxg. Kirim-chiqim daftarlarining chiqimlar, unadigan pullar yoziladigan o‘ng tomoni; zid. debet. — Buxgalteriyaning debet-krediti uchma-uch bo‘lishi kerak, — dedi Ochil. B. Rahmonov, Yurak sirlari

2. Foyda qaytarish sharti bilan, vaqtincha foydalanish uchun pul yoki moddiy mablag‘lar berish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi; shaxs yoki muassasaning o‘ziga tegishli pullarni hisoblab qo‘yiladigan schyoti; qarz, nasiya, kredit; mablag‘, chiqarilgan pul. Utgan yildan tovarlarni kreditga berish shakli keng taraqqiy etdi. Gazetadan
Shu tufayli korxona juda katta miqdorda jarima to‘lar, mablag‘larning asosiy qismi kreditdan foydalanganlik uchun sarflanardi. Gazetadan

Antonim(lar)i: debet
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. kredit I Ot
moliya termini. Kirim-chiqim daftarining barcha chiqimlar va qarzlar yoziladigan o‘ng tomoni (debetning aksi)

2. kredit II Ot
moliya termini. Qarzga beriladigan tovar yoki pul: qarz, ssuda.

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.