1. 1. Tanbehlovchi gap, so‘z aytmoq, tanbeh bermoq, urishib qo‘ymoq.
Ona bo‘lgandan keyin vaqti kelsa — koyiydi, vaqti kelsa erkalaydi.
T. Obidov, Yusufjon qiziq
— Normurod aka, — dedi u, — siz ishni buzding, deb meni koyidingiz, ehtimol, bilmasdan, tajribasizlikdan buzgan bo‘lsam.
S. Ayniy, Qullar
2. ayn. yn. Koyinmoq.
Mulla Norqo‘zi bu odamning oddiy haqiqatni anglamasligidan koyidi.
A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
Rahimning o‘zboshimchaligidan [Umurzoq akaning] bunchalik koyib gapirishi Qudratni yanada hushyor qildi.
H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
3. kom qo‘ll. ll. Biror narsa tayyorlash uchun urinmoq, ovora bo‘lmoq.
Yo‘lchi qishloqdan keltirgan xaltani kampirga uzatdi: — Ayam berib yubordi, qurut — Sadag‘asi ketay, — kampir xaltani ushlagisi ham kelmay, qo‘l uchi bilan tutib gapirdi, — koyib nima qilar edi bechora.
Oybek, Tanlangan asarlar