Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kotib}
So‘z bo‘g‘inlari: ko-tib
Izoh(lar)i:
kotib ot

1. tar. ar. Ro‘yxat tuzish, qo‘lyozmalarni ko‘chirish bilan shug‘ullangan shaxs; mirza. Navoiyning kotiblarga homiyligi asosan 1469 yildan, ya’ni u davlat arbobi vazifasiga ko‘tarilib, kotiblarga homiylik qilish uchun moddiy imkoniyatga ega bo‘lishi bilanoq boshlangan. O‘TA

2. 2. Idora va muassasalarda, lavozimli kishilar, yozuvchilar va shu kabilar shaxslar huzurida yozuv-chizuv ishlari va yozishmalarni olib boruvchi xodim, shaxs. Kotib o‘tiradigan stol tepasidagi “Papiros chekma!“ degan yozuv ostiga kimdir pistako‘mir bilan Noyevoy chekaver! deb yozib qo‘yibdi. S. Ahmad, Hukm
Bu xatlarni u shaxsan o‘zi va kotibi yordamida o‘rganib, aksariyatiga erinmay javoblar yozgan. Gazetadan

3. 3. Idora, muassasa va shu kabilar kotibiyatiga rahbarlik qiluvchi, kotibiyat ishlariga mas’ul xodim. Fanlar akademiyasining bosh ilmiy kotibi. Institutning ilmiy kotibi.

4. 4. Maxsus kengash, yig‘inlarning bayon-noma va shu kabilar yozuv-chizuv ishlarini olib boruvchi shaxs. Dissertatsiya himoyalari bo‘yicha ilmiy kengash kotibi. Majlis kotibi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.