1. 1. Qo‘l ishi bilan shug‘ullanuvchi hunarmand.
Kuli sust kosibdan oyog‘i ildam gadoy yaxshi.
Maqol
Usta Mo‘min yolg‘izqo‘l bir kosib edi.
A. Qahhor, Asror bobo
Naymancha — azaldan kosiblar mahallasi Bo‘zchilik — bu yerdagilarning qariyb hammasiga ota kasb.
A. Muxtor, Opa-singillar
2. 2. Oyoq kiyimi (etik, mahsi va shu kabilar) tikish bilan shug‘ullanuvchi hunarmand.
Bu odamlarning biri — Farmon kal laqabli etikdo‘z kosib bo‘lib, yoshi o‘tishi bilan u tuzalib ketgan.
Mirmuhsin, Me’mor