1. 1. Ishlab chiqarish yoki savdo bo‘limi hamda shunday bo‘limlardan bir nechasining birlashmasi.
Davlat korxonalari. Savdo korxonasi. Xususiy korxona. Sanoat korxonalari.
▬
Mexanika zavodlari qurilgunga qadar eski tartibda degrezlik korxonasi ishlardi.
Oydin, Bechora
Hozir Denov shahrida o‘nlab sanoat, avtotransport va qurilish korxonalari ishlab turibdi.
Fan va turmush
2. s. t. t. Ish joyi, ishxona.
kimdir bozorga oshiqadi, kimdir turtinib-surtinib, korxonasiga shoshadi.
X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Malohat surishtirgani korxonaga boribdi; surishtirib qarasa, Jonfig‘on faqat o‘n yetti kun ishlabdi, xolos.
A. Qahhor, Jonfig‘on