Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {korpus}
So‘z bo‘g‘inlari: kor-pus
Izoh(lar)i:
korpus ot

1. 1. Mexanizm, apparat va shu kabilarning tayanchini yoki qobig‘ini tashkil etuvchi qismi. Soat korpusi. Stanok korpusi. Anhor bo‘yida mashina korpusining baland qaddi ko‘rindi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
O‘ziyurar shassining afzalligi shundaki, uning korpusiga paxtachilikdagi barcha ish jarayonlarini bajara oladigan mashina va agregatlarni o‘rnatish mumkin. Gazetadan

2. 2. Bir umumiy uchastkadagi, bir majmuaga kiruvchi binolardan biri, alohida bino. O‘nga yaqin sinfxona va katta sport zalini o‘z ichiga olgan yangi korpus qurilib, foydalanishga topshirildi. Gazetadan
To‘quv va tikuv dastgohlari joylanadigan korpusda 500 nafarga yaqin mahalliy ishchilar mehnat qilishadi. Gazetadan

3. 3. Bir necha diviziya yoki brigadadan iborat yirik harbiy qo‘shilma. Front qo‘mondonligi platsdarmda armiyaning bir korpusini qoldirib, qolgan ikki korpusi bilan jang qilishga buyruq berdi. Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi
32-o‘qchi korpus jangchilari daryoning chap qirg‘og‘ida mudofaaga o‘tib, okop qazishga kirishdilar. Gazetadan

4. 4. Biror davlatdagi barcha diplomatlar, konsullar.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.