Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kor}
So‘z bo‘g‘inlari: kor
Izoh(lar)i:
kor ot

1. kam qo‘ll. ll. Biror maqsadda qilinadigan faoliyat, harakat, ish. Endi bu koring qo‘ygin, Behuda yuraring qo‘ygin. Tohir va Zuhra
Siz qatorda norim bo‘lsa, yukim yerda qolmaydi, deb yuribsiz. Gap norda emas, korda! S. Abduqahhor, Gap norda emas

2. 2. Hojat-ehtiyoj. Biror koriga ishlatmoq. Shunisiga suyunamanki, o‘sha vaqtlarda yaxshigina ro‘zg‘or tuzib, qo‘r-qut orttirgan ekanmiz, bari xalqning koriga yaraydi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

3. 3. To‘g‘rilash yo‘li; iloj. shundoq qilsam, chakki bo‘lmas. Buning kori oson. Mushtum
Suyangan tog‘imiz o‘zingiz, opaxon, bir Korini qilmasangiz, ishkal bo‘lishi turgan gap. A. To‘laganxo‘jayev, Chigirtkalar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Koreys til Oltoy tillariga, ba’zan Tungus-manjur tillariga kiradi, deb taxmin qilinadi. KXDR va Koreya Respublikasining rasmiy tili. Bu tilda 60 million kishi so‘zlashadi. Uning genetik jihatdan boshqa tillar bilan bog‘liqligi aniqlanmagan. Koreys tilining shimoli-sharqiy, shimoli-g‘arbiy, markaziy, janubi-sharqiy, shimoliy va janubiy shevalari bor. Koreys tilida 40 fonema (19 undosh, 21 unli) mavjud. Morfologik jihatdan agglutinatsiya rivojlangan. Fe’l zamonlari hozirgi, 2 o‘tgan, 2 kelasi zamon shaklidan iborat. Son kategoriyasida birlik va ko‘plik shakli farqlanmaydi. Hisbat kategoriyasi hamma fe’llarga xos emas. Leksikasida xitoy tilidan, sanskpit, mo‘g‘ul va ba’zan Yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlar bor. Koreys tili1993- yilgacha “standart til”, 1966- yilda “milliy til” (munxbao) deb atalgan. Bu tilning 2 turi ham KXDR hamda Koreya Respublikasida qo‘llanib kelinadi. KXDRda koreys yozuvi, Koreya Respublikasida xitoy-koreys aralash yozuvi qo‘llaniladi.

Tasdiq-inkor shakllariodatda gap kesimiga aloqador,harakatning yuz berish/yuz bermasligini bildirish shakli. Kesim tasdiq yoki inkor shaklda bo‘lishi shart.

Tasdiq quyidagicha ifodalanadi:

1) nol shakl orqali –O‘qiyman. Keldim;

2) ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasining har ikki qismiga inkor qo‘shimchasini qo‘shish orqali (aytmay qo‘yma, yozmay turma, kelmay qolmayman);

3) faqat ohang yordamida (kinoya) –Bormaysan-a, bormaysan!

Inkor esa quyidagi shakllar yordamida hosil qilinadi:

1) -ma eng ko‘p qo‘llanadigan shakl: o‘qi –o‘qima, keldi –kelmadi, borgan –bormagan, yuryapti –yurmayapti, to‘xtabdi –to‘xtamabdi kabi. U -mas, -may, -maslik ko‘rinishiga ham ega: aytmas (so‘z), aytmay, aytmaslik;

2) emas fe’l-kesimdagi -gan/kan/qan va -moqchi qo‘shimchasidan va ismdan keyin kelib, bo‘lishsiz shaklni hosil qiladi: kelgan – kelgan emas, borganman – borgan emasman, o‘qimoqchisan – o‘qimoqchi emassan.

3) yo‘q modal so‘zi gan/kan/qan va yotgan/ayotgan qo‘shimchali fe’lning kesimdagi bo‘lishsiz shaklini vujudga keltiradi. Bunda egalik shakli ham qo‘shiladi: Borgani yo‘q. Aytayotganim yo‘q;

4) na inkor yuklamasi yordamida ham ifodalanadi: Bugun na o‘qidim, na yozdim.

5) faqat ohang (kinoya, piching asosida) orqali ham voqelanadi: Borasan-a, borasan! Borib bo‘libsan!

Bo‘lishli-bo‘lishsizlik va tasdiq-inkorni farqlash kerak. Fe’l kesimdan boshqa vazifada kelganda bo‘lishli-bo‘lishsizlikka ega bo‘ladi: o‘qigan bola – o‘qimagan bola kabi. Bo‘lishli-bo‘lishsizlik faqat kesimdan boshqa vazifadagi fe’lga, fe’lga, tasdiq-inkor kesim vazifasidagi barcha mustaqil so‘z turkumiga xos.

1. bekor aytmoq: chakki aytibsiz, aytmasangiz ham bo‘lardi

2. bekor bo‘lmoq: 1.amal-vazifadan tushmoq; ishdan bo‘shamoq; 2.kuchini yo‘qotmoq 3.yaramaydigan, arzimaydigan, foydasiz bo‘lib qolmoq

3. bekor qilmoq: 1.amal-vazifadan tushmoq; ishdan bo‘shamoq; 2.kuchini yo‘qotmoq 3.yaramaydigan, arzimaydigan, foydasiz bo‘lib qolmoq

1. Ayor – mug‘ombir – hiylagar – quv – ustamon – makkor – dog‘ush – mo‘ltoni – hilviri
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

2. Bekorchi – bo‘lmag‘ur – yolg‘on
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

3. Sababchi – sababkor – aybdor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

4. Sodiq – sadoqatli – vafodor – fidokor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

5. Sotqin – xoin – xiyonatkor – g‘addor – murtad
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

6. Yaqinlashmoq – hamkorlik qilmoq – aloqa bog‘lamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

7. Yaramas – nomard – ablah – iflos – razil – badkor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.