1. 1. Cho‘ziluvchan yoki elastik materialdan ishlangan, qattiq sathga urilganda, irg‘ib otiladigan shar; to‘p.
Futbol koptogi. Voleybol koptogi. Rezinka koptok. Bolalar koptok o‘ynashmoqda.
▬
Faqat ko‘cha ichkarisida, yagona simyog‘och tagidagi sayhonlikda ikki qizaloq koptok o‘ynaydi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. 2. Koptokka o‘xshatib o‘ralgan, dumaloq o‘ram (ip, kanop va shu kabilar haqida).
Bir koptok ip. Uch koptok ipak.
▬
Rang-barang ipaklarni kalavasidan chiqarib, charxda bir-ikki tovlab oladi-da, koptok qilib o‘rab qo‘yadi.
Oydin, Bechora