1. tex. ex. Elektr zanjirida ikki o‘tkazgichning bir-biriga tegishi, birikishi, shuningdek, shu birikkan joy; umuman, ikki jismning bir-biriga tegishi va tegib turgan, tutashgan joyi.
Avtomobil o‘nqir-cho‘nqir yo‘llardan ketayotganda, kontakt mexanizmi muntazam ravishda yerga tegib boradi.
Fan va turmush
2. 2. Bevosita aloqa, bog‘lanish.
Ular ilgari bir-birlarini so‘zsiz tushunar edilar, yuraklarida borini bir-biriga yetkazib turadigan yashirin kontakt bor edi.
P. Qodirov, Uch ildiz
Men elektrostansiya bilan traktor brigadasi o‘rtasida kontakt o‘rnatgani keldim.
I. Rahim, Hayot buloqlari