1. 1. Poyezdni kuzatib boruvchi, undagi yo‘lovchilar xavfsizligi hamda yuklarning saqlanishi ustidan nazorat qilib boruvchi temir yo‘l xodimi.
Keyingi o‘n-o‘n besh yil mobaynida O‘zbekiston temir yo‘llarida duvarak bekatchalar shuncha ko‘payganki, ulardan ko‘pining otini yo‘lovchilar emas, balki konduktorlar ham bilmaydi.
A. Qahhor, Asarlar
2. 2. Tramvay, trolleybus, avtobuslarda passajirlarga bilet sotuvchi, ularning chiqish-tushishini kuzatib boruvchi xodim.
Meliqo‘zining xotini — avtobusda konduktor, ba’zan yarim kechada keladi.
A. Qahhor, Asarlar
3. 3. Temir-beton ustunlarni tik o‘rnatishda qo‘llanadigan yog‘och yoki temir qolip.