Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {komissiya}
So‘z bo‘g‘inlari: ko-mis-si-ya
Izoh(lar)i:
komissiya ot

1. 1. Biror aniq vazifani bajarish yoki alohida maxsus chora-tadbirlar o‘tkazish uchun tashkil etilgan organ; shunday ishlarga vakolati bo‘lgan shaxslar guruhi. Taftish komissiyasi. Sanoq (hisob) komissiyasi. Yubiley komissiyasi. Qabul komissiyasi. Saylov komissiyasi. Paxtalarimiz holini ko‘rib, baho berish uchun komissiya chiqaringiz. A. Qodiriy, Obid ketmon

2. 2. Bir tomon (komissioner)ning boshqa tomon (komitent) topshirig‘iga ko‘ra ma’lum haq evaziga uchinchi shaxs bilan o‘z nomidan, lekin komitent hisobidan uning manfaati yo‘lida tuzgan shartnomasi.

3. 3. Shunday bitim tuzganlik uchun to‘lanadigan haq (tuzilgan bitim summasining avvaldan belgilangan foizi miqdorida).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.