1. harb. rb. Komandirning rasmiy, qisqacha, og‘zaki buyrug‘i.
Ular kapitanning komandasi bilan tepadagi samolyotga barcha qurollardan birdaniga, bab-baravar o‘q uzdilar.
N. Safarov, Olovli izlar
So‘ngra polkka komanda berib, Elmurodga tashakkur e’lon qildi.
Shuhrat, Shinelli yillar
2. harb. rb. Muayyan vazifalarni bajarish uchun uch va undan ortiq kishidan tashkil etilgan kichik harbiy qism, bo‘linma.
Razvedkachilar komandasi. Snayperlar komandasi. O‘t o‘chiruvchilar komandasi.
3. 3. Kemadagi matros va komandirlar tarkibi.
Kreyser komandasi. Teploxod komandasi.
4. 4. Muayyan sport turi bo‘yicha birga harakat qilish uchun tuzilgan sportchilar jamoasi.
Voleybol komandasi. Shaxmatchilar komandasi.
▬
Abduraimov yaxshi futbolchi edi, yaxshi trener bo‘ldi. Ancha yillar o‘zi shu komandada o‘ynadi.
Gazetadan
5. siyos. os. Biron-bir siyosiy arbob yoki mansabdor shaxs atrofida bo‘lgan va uning dasturini amalga oshirishga ko‘maklashadigan yaqin kishilar guruhi.
6. 6. Biron-bir faoliyat bilan band bo‘lgan, muayyan ishni bajarayotgan ishchi guruh, jamoa.
7. maxs. xs. Kompyuter texnikasida: kompyuter bajarishi lozim bo‘lgan har qanday ish uchun ayni kompyuter (hisoblash mashinasi)ga mos mashina tilida yozilgan (berilgan) buyruq, yo‘l-yo‘riq.