Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kolyaska}
So‘z bo‘g‘inlari: kol-yas-ka
Izoh(lar)i:
kolyaska ot

1. esk. sk. Ressorali, qaytarma soyabonli to‘rt g‘ildirakli izvosh. Kolyaskani qo‘shmoq. Kolyaskada sayr qilmoq. O‘n-o‘n beshlab arg‘umoq otlar deysizmi, kolyaska aravalar-u qo‘sh xotin deysizmi, ishqilib, undagi mulk-amlokning hisobiga cho‘t bilmagan sodda dehqon yetolmas ekan. F. G‘ulom, Tirilgan murda

2. 2. Chaqaloq, yosh bolalarni sayr qildirishga mo‘ljallangan kichik aravacha. Juvon kolyaskadagi qizchasi bilan ikki qavatli g‘ishtin binoga kirdi. Gazetadan

3. 3. Maxsus tirkama qo‘shimcha aravacha; kajava. Mototsikl kolyaskasi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.