Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kofir}
So‘z bo‘g‘inlari: ko-fir
Izoh(lar)i:
kofir ot

1. din. in. Ayn. g‘ayridin. Hamma musulmonlar bab-baravar, deb o‘ylaysizmi? Musulmonlar o‘rtasida bo‘rilar yo‘qmi? Mayli, kofirmi, musulmonmi, biz bo‘rilarning jazosini beramiz. Ular kofirda ham bor, musulmonda ham. Oybek, Tanlangan asarlar
— Shahar farang, ingliz degan kofirlar bilan to‘lib yotibdi. Arablar unda-bunda ko‘rinadi, xolos, — dedi Hoji xola. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

2. 2. Din yo‘lidan qaytgan, xudosiz. Bir zum cho‘zilgan sukutni Salimboyvachcha buzdi: — Ulamolarimiz gazeta o‘qigan odamlarni ham kofir deb hisoblaydilarki, bu jaholatdan boshqa narsa emas. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.