1. Odatdagi me’yorda ko‘rish yoki ko‘zni himoya qilish uchun taqiladigan, ikkita shisha ko‘z o‘rnatilgan maxsus asbob; oynak.
Saqlagich ko‘zoynak. Ko‘zoynak tutmoq.
▬
Ko‘zoynak tutib olib, sandalning bir chetida allanarsa yamab o‘tirgan Xosiyat buvi Adolatni ko‘rib hayron bo‘ldi.
S. Zunnunova, Gulxan
U qora ko‘zoynagini olmay, ko‘kragini g‘oz qilib o‘tirardi.
F. Musajonov, Himmat