Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘zmunchoq}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘z-mun-choq
Izoh(lar)i:
ko‘zmunchoq ot

1. Ko‘z tegmasin uchun (odatda, yosh bolaning qo‘li, kiyimi va shu kabilarga) taqib qo‘yiladigan munchoq. Bola emib to‘yib, chachvon tagidan chiqdi, uning tumor va ko‘zmunchoq taqilgan qizil do‘ppisi tagidan kokili dikkayib chiqib turardi. A. Muxtor, Opa-singillar
Shu zamonning qizlari hammasini qo‘yib, ko‘zmunchoq taqarmidi? Oydin, Do‘ndiqdan ham yosh ekan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: ko‘zmunchoq
Izoh: Xalq orasida yomon ko‘zdan asraydi degan tushuncha bilan taqib yuriladigan taqinchoq Misol: Farida yaqinlashar ekan, ko‘zim qo‘lidagi ko‘zmunchog‘iga tushdi.