1. aniqlovchi so‘zlar bilan lan Ko‘zi bor.
Qora ko‘zli. Katta ko‘zli. Qisiq ko‘zli. Shisha ko‘zli odam
▬
Miryoqubday qora va chiroyli ko‘zli ozoda va shirin so‘zli erkakni qaydan topib bo‘ladi?
Cho‘lpon, Kecha va kunduz
2. 2. Ko‘zga o‘xshash teshigi, izi yoki o‘rni bor.
Mayda ko‘zli to‘r. Olti ko‘zli deraza. Ko‘p ko‘zli taxta. Brilliant ko‘zli uzuk.
▬
Gulnor oddiy qizil tosh ko‘zli kumush uzukni cho‘ntagidan olib, Unsinga ko‘rsatdi.
Oybek, Tanlangan asarlar.
3. ko‘chma hma Narsalarning mohiyatiga tushunadigan, biladigan; ko‘zi o‘tkir.
Shokirjon aka birda bu bozorga ishi tushmagan odam bo‘lganligi uchun, aldanib qolmayin deb, bozordan ko‘zliroq tanish odam qidirdi.
S. Abdulla, Dami chiqib ketdi
Keyin [akademik] Meliqo‘ziga qaradi: — Ko‘zli dehqon ekansan, ukam. Tan berdim.
Y. Shamsharov, Qahramonlik yo‘li
— Ha, endi qish chiqdi, — deyishdi ko‘zli dehqonlar. — Ertadan ekin-tikin payiga tushish kerak.
R. Rahmon, Mehr ko‘zda.
4. s. t. t. Ko‘z-nazari yomon ta’sirli, ko‘zi tegadigan, ko‘zi yomon.
Ko‘zli odam qattiq tikilsa, otdan qulatadi.