1. kt. ayn. yn. Oyna 3, 4.
O‘rnidan turib, ko‘k shoyi parda tutilgan deraza yonidagi bo‘y baravar keladigan ko‘zgu oldiga keldi.
S. Abduqahhor, Nusxaoy
yolg‘iz Shahzodaxongina bir qo‘lida ko‘zgu, bir qo‘lida bo‘yracho‘p: o‘sma qo‘yib, o‘z husn-u latofatiga mahliyo bo‘lib o‘tirardi.
K. Yashin, Hamza
2. 2. Umuman, biror narsani aks ettiruvchi, ifodalovchi narsa.
Ko‘z yurakning ko‘zgusi bo‘lsa, nutq — boshdagi fikrning mezoni. Buni Elmurod yaxshi bilar edi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Ha, mehnat chindan ham hayot ko‘zgusi, unda inson o‘z faoliyatining kundalik mahsulini ko‘radi.
Gazetadan