Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘za}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘-za
Izoh(lar)i:
ko‘za ot

1. Suv solish, tashish uchun ishlatiladigan qorni keng, bo‘g‘zi ingichka, bir tomonida dastasi bor idish. Suv keltirgan xor-zoru ko‘za sindirgan aziz. Maqol
Sopol ko‘za bir zumda sinib, suvlari yerga singdi, mis ko‘za esa terlagan qo‘ldan chiqib ketdi-yu, toshdan toshga urilib, pastga yumaladi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Har kuni erta bilan ikki mesh suvni Chashmayi Hizrdan olib kelib, birini Me’mor xonadonidagi, ikkinchisini o‘z kulbasidagi mis ko‘zalarga to‘ldiradi. Mirmuhsin, Me’mor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. ko‘za I Sifat
din. ro‘za tutmagan kishi

2. ko‘za II Ot
suv solish uchun ishlatiladigan sopol idish

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.