Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘z}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘z
Izoh(lar)i:
ko‘z ot

1. 1. Tirik mavjudotning ko‘rish a’zosi. Ko‘zi yoshli odamni Ko‘zim aslo ko‘rmasa. Shuhrat. Ko‘z kosasi. Ko‘z oqi. Ko‘z qorachig‘i. Qora ko‘z. Ko‘k ko‘z. Xumor ko‘z. Ayagan ko‘zga cho‘p tushar. Maqol
Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi. Maqol
Ko‘z qo‘rqoq, qo‘l botir. Maqol
Maston, unga e’tibor qilmay, otning tumshug‘idan ko‘tarib, uning ochiq qolgan ko‘zlariga qaradi. A. Qahhor, Maston
Gavhar o‘rtadagi simyog‘och uchida osilib turgan lampochka yorug‘idan qamashgan ko‘zlarini kafti bilan pana qilib, yog‘och zinalardan chiqib keldi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. 2. Nazar, nigoh; qarash. [Kumushning] Ko‘zlari o‘ynaguvchi qizlarda bo‘lsa ham, haqiqatda boshqa bir narsani ko‘rgandek. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Gulnor buzuq qiz bo‘lsa, ko‘zimizdan uzoqroq joyga yo‘qolgani yaxshi. Oybek, Tanlangan asarlar
Zulfizarni esa odamlarning yomon ko‘zlaridan oltinlarni yashirganday yashirasan. K. Yashin, Hamza
Mansur hamon indamas, ko‘zlarini bir nuqtadan uzmas edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. 3. Ko‘rish qobiliyati. Ko‘zi xira. Ko‘zi o‘tkir. Ko‘zi ojiz. Ko‘zi yaxshi emas. Bir vaqtlar do‘ppi tikdim, ko‘rpa qavidim endi unday ishlarga ko‘zim o‘tmaydi. Oybek,Tanlangan asarlar
Yozuvchining ko‘zi ham, dimog‘i ham, qulog‘i ham hech kimnikiga o‘xshamaydi. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i

4. ko‘chma hma Ba’zi narsalarning biror belgi bilan ajralib, ko‘zga o‘xshab ketadigan qismi, bo‘lagi. Derazaning ko‘zi. Yog‘ochning ko‘zi. Buloqning ko‘zi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. chap ko‘z bilan qaramoq: Boshqalarga nisbatan kamsitib, e’tiborsiz qaramoq.

2. dunyodan ko‘z yumdi: qazo qildi, o‘ldi

3. ikki ko‘zi to‘rt bo‘ldi: intizor bo‘ldi

4. ko‘rarga ko‘zi yo‘q: o‘taketgan darajada yomon ko‘rdi

5. ko‘rgani ko‘zi yo‘q: o‘taketgan darajada yomon ko‘rdi

6. ko‘rgani ko‘zi, otgani o‘qi yo‘q: o‘taketgan darajada yomon ko‘rdi

7. ko‘z bo‘yadi: aldadi, laqillatdi

8. ko‘z ilg‘amas I: bilinar-bilinmas, mayda

9. ko‘z ilg‘amas II: cheksiz, poyoni ko‘rinmaydigan

10. ko‘z ilg‘amaydi: poyoni ko‘rinmaydi

11. ko‘z ilindi: mizg‘idi, uxlay boshladi

12. ko‘z o‘ngida: 1)bevosita ko‘ringan, kuzatilgan holda 2) tasavvurida saqlagan

13. ko‘z o‘ngiga keldi: tasavvurida gavdalandi

14. ko‘z ochgani qo‘ymaslik: biror narsani betiga solib yoki qattiq talab qilib tinchlik bermaslik, qattiq siquvga oldi

15. ko‘z ochib ko‘rgan: birinchi nikohiga olgan

16. ko‘z ochib yumguncha: juda qisqa muddatda, tezda

17. ko‘z ochirmaslik: biror narsani betiga solib yoki qattiq talab qilib tinchlik bermaslik, qattiq, siquvga oldi

18. ko‘z olaytirdi: 1) o‘qraydi 2)o‘z manfaatiga bo‘ysundirish niyatida bo‘ldi

19. ko‘z oldidan o‘tdi: tasavvurida ketma-ket gavdalandi

20. ko‘z oldiga keldi: tasavvurida gavdalandi

21. ko‘z olmaslik: qarashni to‘xtatmaslik

22. ko‘z ostidan: yashiriqcha, sezdirmay

23. ko‘z ostiga oldi: biror maqsad bilan ko‘zlab qo‘ydi

24. ko‘z qirini tashladi: tez va sezilar- sezilmas qaradi

25. ko‘z qorachig‘i: yakka-yu yagona va qadr-qiymati beqiyos yuksak

26. ko‘z suzdi: noz-karashma bilan qaradi

27. ko‘z tagidan: yashiriqcha, sezdirmay

28. ko‘z tagiga oldi: biror maqsad bilan ko‘zlab qo‘ydi

29. ko‘z tashladi: qisqa muddat qaradi

30. ko‘z tegdi: ko‘zikdi

31. ko‘z tikdi: 1) tikilib qaradi 2) umidvor bo‘lib qaradi

32. ko‘z tutdi: kelib qolar degan umidda kutdi

33. ko‘z urishtirdi: ko‘z qarashlari bir daqiqa duch keldi

34. ko‘z yugurtirdi: tez va yuzaki qaradi

35. ko‘zda tutdi: fikran hisobga oldi

36. ko‘zdan kechirdi: qarab chiqdi, birma-bir ko‘rdi, sinchiklab tanishdi

37. ko‘zdan o‘tkazdi: qarab chiqdi, birma-bir ko‘rdi, sinchiklab tanishdi

38. ko‘zdan qochirmaslik: doim kuzatib turdi

39. ko‘zdan qochmoq: e’tibordan chetda qolmoq

40. ko‘zga chalindi: bir marta noaniq holda ko‘rindi

41. ko‘zga ko‘rinarmidi?!: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab-netib o‘tirmaslik

42. ko‘zga ko‘rindi: 1) tanildi 2) o‘ziga diqqat-e’tiborni jalb qiladigan bo‘ldi

43. ko‘zga ko‘rinmaslik I: 1) tanilmaslik 2) o‘ziga jalb qiladigan bo‘lmaslik

44. ko‘zga ko‘rinmaslik II: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab- netib o‘tirmaslik

45. ko‘zga tashlandi: 1)ro‘y-rost, aniq ko‘rindi 2)aniq ajralib, sezilib turdi

46. ko‘zga tikan: Kishilarga yomon ko‘ringan kimsa yoki narsa haqida.

47. ko‘zga to‘tiyo: Juda aziz, muqaddas yoki noyob narsa haqida.

48. ko‘zi chig‘anog‘idan chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

49. ko‘zi ilg‘amaydi: kichik, sezilar-sezilmas bo‘lgani uchun ko‘ra olmaslik

50. ko‘zi ilindi: mizg‘idi, uxlay boshladi

51. ko‘zi ketdi: uxlay boshladi

52. ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar: hech narsadan bexabar

53. ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar bo‘ldi: hech narsani ko‘rmaydigan, eshitmaydigan bo‘ldi

54. ko‘zi ko‘ziga tushdi: ko‘z qarashlari bir daqiqa duch keldi

55. ko‘zi kosasidan chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

56. ko‘zi moshdek ochildi: jazo olib, hushyor qildi

57. ko‘zi o‘tmaydi: nuri ketib, ko‘zi kamquvvat bo‘lib qoldi

58. ko‘zi o‘ynadi: ko‘z-ko‘z qilganligi tufayli havasi keldi

59. ko‘zi ochildi: yaxshi-yomonni tushunadigan bo‘ldi

60. ko‘zi ochiq I: barhayot

61. ko‘zi ochiq II: yaxshini yomondan, foydani zarardan farqlashga qobiliyatli

62. ko‘zi ola-kula bo‘lib ketdi: olayib qaradi

63. ko‘zi ola-kula bo‘lib ketdi: olayib qaradi

64. ko‘zi pishidi: anchagina o‘rganib, tajribasi ortdi

65. ko‘zi qamashdi: 1) nur aks etib, ko‘zi hech narsani ko‘rmaydi 2)go‘zalligiga mahliyo bo‘ldi

66. ko‘zi qinidan chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

67. ko‘zi qinidan chiqmoq: ko‘zi olayib ketmoq, ko‘zi ola-kula bo‘lmoq.

68. ko‘zi qiyadi?!: 1)ko‘ngilchanlik tufayli botinolmaslik 2)rahmdillik bilan ayagani tufayli tashlab ketolmaslik 3) ko‘ngil tortar narsasidan voz kecha olmaslik

69. ko‘zi qiyarda-qiymay: 1)ko‘ngilchanlik tufayli botinolmaslik 2)rahmdillik bilan ayagani tufayli tashlab ketolmaslik 3) ko‘ngil tortar narsasidan voz kecha olmaslik

70. ko‘zi qiyib: 1)ko‘ngilchanlik tufayli botinolmaslik 2)rahmdillik bilan ayagani tufayli tashlab ketolmaslik 3) ko‘ngil tortar narsasidan voz kecha olmaslik

71. ko‘zi qiymadi: 1)ko‘ngilchanlik tufayli botinolmaslik 2)rahmdillik bilan ayagani tufayli tashlab ketolmaslik 3) ko‘ngil tortar narsasidan voz kecha olmaslik

72. ko‘zi qiysa: 1)ko‘ngilchanlik tufayli botinolmaslik 2)rahmdillik bilan ayagani tufayli tashlab ketolmaslik 3) ko‘ngil tortar narsasidan voz kecha olmaslik

73. ko‘zi tindi: 1)holsizlanish natijasida ko‘z oldi xiralashdi 2)ko‘p va mayda narsaga tikilib, ko‘z oldi xiralashdi

74. ko‘zi tirik: barhayot

75. ko‘zi to‘rt bo‘ldi: intizor bo‘ldi

76. ko‘zi tor: qizg‘anchiq

77. ko‘zi tushdi: bexosdan, kutilmaganda ko‘rdi

78. ko‘zi uchib turibdimi?!: ko‘rish ishtiyoqidami? (kesatiq bilan)

79. ko‘zi xonasidan chiqay dedi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

80. ko‘zi yetdi: ishondi, ishonch hosil qildi

81. ko‘zi yoridi: tug‘di

82. ko‘zi yumildi: qazo qildi, o‘ldi

83. ko‘ziga cho‘p soldi: aldadi, chalg‘itdi

84. ko‘ziga issiq ko‘rindi: 1) tanishdek tuyuldi 2)o‘ziga tortdi, yoqimli tuyuldi

85. ko‘ziga ko‘rinib ketdi: birdaniga xotirasida gavdalandi

86. ko‘ziga ko‘rinmaslik I: ro‘para bo‘lmaslik, duch kelmaslikka harakat qilish

87. ko‘ziga ko‘rinmaslik II: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab- netib o‘tirmaslik

88. ko‘ziga o‘tday ko‘rindi: 1) tanishdek tuyuldi 2)o‘ziga tortdi, yoqimli tuyuldi

89. ko‘ziga oq-qora ko‘rinmaydi: 1)tatimaslik, e’tiborini tortmaslik 2)hisoblashmaslik, o‘ylab- netib o‘tirmaslik

90. ko‘ziga sovuq ko‘rindi: yoqmaslik, jirkanish hissini uyg‘otmoq

91. ko‘zilari chanog‘idan chiqar bo‘ldi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) hayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

92. ko‘zini bildi: ustalik bilan bajara oldi

93. ko‘zini bo‘yadi: aldadi, laqillatdi

94. ko‘zini chirt yumib: tavakkal qilib

95. ko‘zini o‘ynatdi: ko‘z-ko‘z qilganligi tufayli havasi keldi

96. ko‘zini ochdi: hushyor qildi, yaxshi-yomonni tushunadigan qildi

97. ko‘zini oldi: qarashni to‘xtatdi

98. ko‘zini olmaslik: qarashni to‘xtatmaslik

99. ko‘zini pishitdi: anchagina o‘rganib, tajribasini orttirdi

100. ko‘zini qamashtirdi: 1) nur aks etib, ko‘zi hech narsani ko‘rmaydigan bo‘ldi 2)go‘zalligiga mahliyo bo‘ldi

101. ko‘zini shira bosdi: takabburlandi, tanib tanimaganga oldi

102. ko‘zini tikdi: 1) tikilib qaradi 2) umidvor bo‘lib qaradi

103. ko‘zini to‘rt qildi: intizor

104. ko‘zini uzmaslik: muttasil qarash

105. ko‘zini uzmay: muttasil (qaradi)

106. ko‘zini yog‘ bosdi: takabburlandi, tanib tanimaganga oldi

107. ko‘zini yugurtirdi: tez va yuzaki qaradi

108. ko‘zining ochiqligida: barhayotligida

109. ko‘zining oqu qorasi: yakka-yu yagona va qadr-qiymati biqiyos yuksak

110. ko‘zining paxtasi chiqdi: g‘azabi ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

111. ko‘zining paxtasi chiqib ketayozdi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) g‘ayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

112. ko‘zining qirini tashladi: tez va sezilar- sezilmas qaradi

113. ko‘zining qorachig‘i: yakka-yu yagona va qadr-qiymati beqiyos yuksak

114. ko‘zining tirikligida: barhayotligida

115. ko‘zining yog‘ini yedi: o‘zini kimgadir yaqin ko‘rsatib, uning xayrixohligidan o‘z manfaati yo‘lida foydalandi

116. ko‘zlaridan qon tommoq: O‘ta g‘azabli holatni qayd etadi.

117. ko‘zni yumdi: qazo qildi , o‘ldi

118. ko‘zning oldiga keldi: tasavvurida gavdalandi

119. ochilgan ko‘z: hushyor, yaxshi-yomonni tushunadigan

120. qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqardi: yaxshilik qilaman degan holda yomonlik qilib qo‘ydi

121. to‘rt ko‘z bilan: intizorlik bilan

122. uzukka ko‘z solganday: Bir-biriga nihoyatda mos, munosib

123. yo‘liga ko‘z tutmoq: kelib qolar degan umidda kutdi

124. yumilgan ko‘z: qazo qilgan, o‘lgan

1. Ko‘zi ilinmoq – mudramoq – mizg‘imoq – uxlamoq – dong qotmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(jismoniy holatning bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.