1. Yoz (issiq) vaqtlarida ustdan kiyiladigan, yalangqavat, yoqa va yengli, erkaklarniki beldan pastroqqacha, ayollarniki esa etagi uzun bo‘ladigan kiyim (sovuq vaqtlarda jemper, kostyum kabilarning ostidan kiyiladi).
Chit ko‘ylak. Shoyi ko‘ylak. Atlas ko‘ylak. Erkaklar ko‘ylagi.
▬
Sherali ko‘ylagini shimining ichiga tiqib, kamarini tortayotganda deraza oynasini chertib, uni shoshiltirardi.
S. Karomatov, Oltin qum
Ko‘ylak yengi tirsakka qadar shimarilgan; tiqmachoqday bilaklarida ilon boshli bilaguzuklar yonadi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Ko‘ylagining etaklari tong shud-ringidan ho‘l bo‘lib ketganiga, yengining uchlari ko‘karib qolayotganiga qaramay, chaqqon ishga kirishdi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol