Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘y}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘y
Izoh(lar)i:
ko‘y ot

1. esk. sk. Ko‘cha; yo‘l. Yusufbek hoji, to Eskijo‘vaga yetguncha, o‘zining yuqoridagi so‘zini ko‘y, guzar xalqiga takrorlab kelmoqda edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. o‘. o‘. (-p. yoki j. k. shaklida — ko‘yiga, ko‘yida) Biror narsa dardi, savdosi, harakati. Nimaning ko‘yida yuribsiz? Do‘smat tirikchilik ko‘yiga tushdi. P. Tursun, O‘qituvchi
Bu uxlaguvchi mening halol rafiqam bo‘lib, ikki yildan beri men ham uning ko‘yida sargardonman. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. biror aniqlovchi so‘z bilan lan Ahvolda, holatda. Elmurod shu ko‘yi yana birmuncha yurgach, to‘xtadi-da, yo‘l chetidagi bir toshga o‘tirdi. P. Tursun, O‘qituvchi
Domla Niyoz turgan ko‘yi yorliqni o‘qidi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: kuy Musiqa, ohang.
Qomus: mavjud emas.

1. atlas ko‘ylakka bo‘z yamoq: -

2. besh-oltita ko‘ylakni ortiqroq yirtmoq: -

3. bir ko‘ylak et: -

4. bir ko‘ylakni burun yirtmoq: -

5. bir ko‘ylakni oldin yirtmoq: -

6. bir ko‘ylakni ortiq yirtmoq: -

7. ko‘yga solmoq: -

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.