Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘tar} - il ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘-ta-ril-moq
Izoh(lar)i:
ko‘tar fl

1. 1. Yerdan yoki yotgan joyidan uzib, ajratib olmoq. Zambar ko‘tarmoq. Ergash u bilan quchoqlashib ko‘rishmoqchi bo‘lgan edi. Normat uning belidan mahkam quchoqladi-da, dast ko‘tarib, uni ayvon supasiga chiqarib qo‘ydi. I. Rahim, Chin muhabbat

2. 2. Yerdan uzilgan, ajralgan holda tutmoq, qo‘lda tutmoq. Sumka ko‘tarib, bozorga bormoq. Kolonna boshida bayroq ko‘targan qizlar bormoqda. [Otabek] Otni axtaxonaga bog‘lab, sovg‘a to‘ldirib kelgan ipak xurjunni ko‘tarib, ichkariga kirdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Maxdum shu so‘z bilan ichkariga kirib, hovli sahnida chaqaloq ko‘tarib turgan Ra’no yonidan ayvonga o‘tdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

3. 3. O‘z ustida tutgan holda yurish-tortish, eltish qudratiga ega bo‘lmoq. Tuya ko‘p yuk ko‘taradi. Toshxo‘ja eshon hazilakam eshon o‘tgan emas, boqib qo‘yilgan o‘n beshta otdan uni faqat ikkitasigina ko‘tara olar edi, xolos. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

4. 4. Yuqori, baland holatda tutmoq, yuqoriga chiqarmoq. [Sidiqjon] Birdan boshini ko‘tardi va Kanizakka qaradi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Obidjon chiroqning piligini ko‘taribroq qo‘ydi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

5. 5. Biror narsani uyib, ustma-ust qilib, ustiga qo‘yib baland qilmoq. Dambami ko‘tarmoq. Yo‘lni ko‘tarmoq. Marzani ko‘tarmoq. — Suvni uch-to‘rt chaqirim yuqoridan ikki yog‘iga chim bosib, ko‘tarib kelish lozim bo‘ladi, — dedi Alim buva. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

6. ko‘chma hma Oshirmoq, ko‘paytirmoq (kuch, daraja, narx-navo va shu kabilar haqida). Narxni ko‘tarmoq. Temperaturami ko‘tarmoq. Keyin ovozini pardama-parda ko‘tarib, do‘q ura ketdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Brigada hosildorlikni ikki baravar ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbekiston qo‘riqlari

7. ko‘chma hma Mavqeyini, hol-qudratini, moddiy ahvol va shu kabilarni yaxshilamoq. Obro‘yini ko‘tarmoq. [Qodir:] Yaxshi qilibsiz kolxozning ahvoli yomonga o‘xshaydi, ko‘tarish kerak. Uyg‘un, Navbahor

8. 8. Yuqori mansab yoki lavozimga tayinlamoq, belgilamoq. Pastdan yuqoriga ko‘tarmoq. Xotin-qizlarni rahbarlik lavozimlariga dadil ko‘tarish kerak. [Akrom hoji:] Agarda xon ko‘tarish manim qo‘limda bo‘lsa edi, xon qilib Otabekni ko‘tarar edim! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

9. ko‘chma hma Bardosh qilmoq, toqat qilmoq; chidamoq. Bolaning injiqligini onasi ko‘taradi. Kampirga aytma, ko‘tarolmaydi. IYodgorboydan] Qora xat kelgan! A. Qahhor, Asror bobo
Bosh muharrir, Rahim akaning qobiliyatli xodim ekanligini nazarda tutib, ba’zi erkaliklarini ko‘tarardi. F. Musajonov, Himmat

10. ko‘chma chma Hazm qilmoq, singdirmoq. Har qancha ovqat bo‘lsa, ko‘taradi — kuchi ko‘p. Bemor palovni ko‘tarolmadi. Tomog‘i taqillab o‘tirgan dutorchi ko‘tarmasalar — ichmasinlar desa ham, Nabigul unamadi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak

11. 11. Yoqtirmoq, suymoq; toqat qilmoq. Bundan keyin har bir ishni men bilan bahamjihat qiling, o‘zbilarmonlikni ko‘tarmayman. Oybek, Tanlangan asarlar

12. ko‘chma chma Biror ish-harakat qilishga ilhomlantirmoq, safarbar qilmoq. Mustamlakachi zolimlarga qarshi yana xalqni ko‘taraylik! Qudratning ishini oxiriga yetkazaylik! N. Safarov, Uyg‘onish

13. ko‘chma chma O‘z ustiga olmoq, o‘z hisobidan to‘lamoq (sarf-harajat haqida). Umurzoq aka: — Bolalar bizga shuncha yordam berishdi. Endi sayohat qilib kelishsin. Butun yo‘l xarajatini kolxoz ko‘taradi, — dedi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
Endi Shoabdufattoh Xo‘jayevning sarfini ham ko‘taraylikmi? A. Qahhor, Og‘aynilar

14. ko‘chma s. t. . t. Yo‘q qilmoq, yo‘qotmoq, bitirmoq. Adovatni oradan ko‘tarmoq. Musulmonqul zolimlarni o‘rtadan ko‘tarib, yurtga osoyish berganda, unga kim nima deya olar edi? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
U o‘rtadagi noqulay jimlikni ko‘tarib tashlash uchun G‘iyosni gapga soldi. K. Yashin, Hamza

15. ko‘chma s. t. . t. Ichmoq, urmoq (may haqida). Qadah ko‘tarmoq. [Ravshan polvon] Xonim olib kelgan konyakdan ko‘zlarini chirt yumib, bir ryumkasini ko‘tarib tashladi. O. Yoqubov, Larza

16. kam qo‘ll. ʻll. Qarzga olmoq. Bir pud g‘allani, topilsa, uch pud g‘allaga bo‘lsayam, jon deb ko‘taramiz. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Matqovul kelasi yil hosili hisobiga Hakimjon boyvachchaning otasi Latifjonboydan pul ko‘tarib, ot oldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

17. s. t. . t. Yetishtirmoq, olmoq. Gektar boshiga o‘n tonnadan hosil ko‘tardik.

18. 18. Ayrim otlar bilan birikib, shu ot bildirgan narsani yuzaga keltirishni ifodalaydi. Janjal ko‘tarmoq. Isyon ko‘tarmoq. Shovqin-suron ko‘tarmoq. shikoyat qilaqol, boshingni devorga urib, faryod ko‘tar. K. Yashin, Hamza

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: balandlamoq , otlanmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. yodidan ko‘tarilmoq: unutdi

1. Otlanmoq – qo‘zg‘almoq – ko‘tarilmoq – yo‘lga tushmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.