Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘sa}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘-sa
Izoh(lar)i:
ko‘sa ot

1. 1. Soqol-mo‘ylovi juda siyrak yoki butunlay yo‘q, chiqmaydigan. Ko‘sa odam. Ahmoq horiganini bilmas, ko‘sa — qariganini. Maqol
Aravakash kamsoqol, ko‘saroq, muloyimgina kishi. Oybek, Bolalik
U oriq yuzlari kahrabodek sarg‘ayib ketgan, soqol-mo‘ylovi yo‘q, ko‘sa edi. Mirmuhsin, Me’mor

2. ko‘chma hma O‘t-o‘lani kam, giyoh kam chiqqan yoki mutlaqo unmaydigan. Ehe, bu ko‘sa yerlar ham shunday gullab ketsinki, odamlar bir sayr qilishni orzu qilsin. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.