1. 1. Qanday harakat qilish, ishlash lozimligini ko‘rsatuvchi yo‘l-yo‘riq; qo‘llanma. U qog‘ozdagi ko‘rsatmadan chekinishni intizomni qo‘pol ravishda buzish, deb hisoblaydi. S. Karomatov, So‘nggi barxan U shefdan ba’zi ko‘rsatmalarni olgach, asta o‘rnidan turar ekan, A’zam Zohidovich so‘rab qoldi. O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv Injener bu yerga har kuni kelib, ishni ko‘rar, Bashoratga ko‘rsatmalar berib ketar edi. A. Muxtor, Opa-singillar
2. huq. uq. Tergov-sud jarayonlarida biror ahamiyatli holat haqida shaxs (guvoh va boshqalar)ning bergan ma’lumoti; dalil. Guvohlarning ko‘rsatmasidan ma’lumki, bahslashayotgan ovozlar marhumlarga tegishli emas. Fan va turmush
1. qorasini ko‘rsatmaydi: kimningdir ko‘ziga hech ko‘rinmaydi
2. tuyani yutib, dumini ko‘rsatmaydi: hozir u tomog‘ining qurtini o‘ldirish uchun tuya bo‘lsa ham, dumini ko‘rsatmay yutib yuborishdan toymaydi.