Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘rsatkich}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘r-sat-kich
Izoh(lar)i:
ko‘rsatkich ot

1. 1. Ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi yozuv, strelka va shu kabilar Yo‘l ko‘rsatkich. Ko‘rsatkich barmoq.

2. 2. Biror narsaning rivoji, darajasi, ishning borishi, bajarilishi va shu kabilarni bildiruvchi belgi yoki narsa, natija. Xalq xo‘jaligi taraqqiyotining ko‘rsatkichlari. Talabalar imtihonlarda yuqori ko‘rsatkichlarga erishdilar. Albatta, ishimizga baho berar ekanlar, eng oldin ko‘rsatkichlarimiz va so‘ngra ahvolimizni hisobga oladilar. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Bunday yuqori ko‘rsatkichlarga erishishda tajribakor keksalarning qo‘shayotgan hissalari kattadir. Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi

3. tlsh. sh. Biror kategoriyaga taalluqlilikni ko‘rsatib turuvchi belgi; qo‘shimcha. Grammatik ko‘rsatkich. Egalik ko‘rsatkichi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.