1. O‘tirish uchun ostga to‘shaladigan, uzun g‘ilof ichiga paxta solib qavilgan qalin va yumshoq to‘shak. Ko‘rpacha yozib, uni o‘tqazgach, men hozir, deb eshikka chiqib ketdi. S. Karomatov, Oltin qum. ▬ O‘choqqa yaqinroq yerda, kigiz ustiga solingan ko‘rpachada, kichkina bir sariq, bujur odam ko‘k piyoladan choy ho‘plab o‘tiribdi. P. Tursun, O‘qituvchi
1. soyasiga ko‘rpacha soldi: izzat-hurmat qilishni me’yoridan o‘tkazib yubordi